Logann Gerbart pedagogik qarashlari

Logann Gerbart pedagogik qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Logann Gerbart pedagogik qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Iogann Fridrix Gerbart hayoti Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari Gerbart axloqiy tarbiyaning o'ziga xos vositalari Iogann Fridrix Gerbart Germaniyada tug'ildi. Gerbart dastlab lotincha klassik maktabda, so'ngra esa Ien universitetida o'qidi. Gerbart universitetni tamomlagach, shveytsariyalik bir aristokrat oilasida tarbiyachi bo'lib ishladi. 1800 yilda u Pestalotstsining Burgdorf institutiga bordi. Lekin u ulug' pedagogning demokratik qarashlarini o'zlashtira olmadi. 1802 yildan boshlab Gerbart Gyottingen va Kenigsberg universitetlarida professor bo'lib ishladi. Gerbart bu universitetlarda o'zining pedagoglik faoliyatini kengaytirib yubordi: psixologiya va pedagogikadan leksiyalar o'qidi, o'qituvchilar tayyorlash seminariyalariga rahbarlik qildi. U seminariya huzurida tajriba maktabi ochib, o'zi bu maktabda matematikadan dars berdi. Gerbart o'zining «Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika» (1806), «Psixologiya darsligi» (1816), «Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to'g'risidagi xatlar» (1831), «Pedagogikaga doir leksiyalar ocherki» (1835) degan kitoblarida pedagogikaga doir g'oyalarini keng bayon qilib berdi. Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari. Gerbart tarbiya maqsadini belgilab olishga katta ahamiyat berdi. U tarbiyaning maqsadi yaxshi fazilatli kishini tarkib toptirishdan iborat, deb hisoblaydi. Gerbart shu maqsadni abadiy va o'zgarmas deb hisoblab, odamlarni mavjud munosabatlarga moslasha oladigan, o'rnatilgan huquq tartibini hurmatlaydigan, shu tartibga itoat qiladigan kishilar qilib tarbiyalashni ko'zda tutdi. Pedagog o'zi tarbiyalayotgan bolaning oldiga shunday maqsad qo'yishi lozimki, bola ham o'sib katta bo'lganidan keyin o'z oldiga shunday maqsadlar qo'ya bilsin. Mana shu bo'lajak maqsadlar: 1) ro'yobga chiqishi mumkin bo'lgan maqsadlar va 2) zarur maqsadlar deb ikkiga bo'linishi mumkin. Odam bir vaqti kelib muayyan ixtisos sohasida o'z oldiga qo'yishi mumkin bo'lgan maqsadlar ro'yobga chiqishi mumkin bo'lgan maqsadlardir. Zarur maqsadlar deb shunday maqsadlarga aytiladiki, bu maqsadlar odamga o'z faoliyatining har qanday sohasida kerak bo'ladi. Tarbiya ro'yobga chiqishi mumkin bo'lgan maqsadlarni o'z oldiga qo'ygach, u odamda xilma-xil, har tomonlama idrok qilish qobiliyatini o'stirishi, qiziqish doirasini kengaytirishi va to'laroq qilishi lozim, mana shuning o'zi ichki erkinlik g'oyasiga, takomillik g'oyasiga muvofiq bo'lib tushadi. Zarur maqsadlarga kelganda tarbiya bo'lajak arbobning axloqini xayrixohlik g'oyasi, huquq va adolat g'oyasi asosida tarkib toptirishga yoki Gerbartning so'zi bilan aytganda, bu arbobda barqaror axloqiy xarakter vujudga keltirishga majburdir. Gerbart tarbiyaning mohiyati bolaning ko'nglini tasavvurlar bilan boyitishdan iborat deb hisoblab, bolaga fazilatli xulq g'oyalarini va sabablarini singdirishni va shu asosda unda axloqiy xarakter vujudga keltirishni istaydi. Gerbart tarbiya jarayonini boshqarish, o'qitish va axloqiy tarbiya berish, deb uch bo'lakka bo'ladi. Boshqarish o'z oldiga bolaning kelajagini emas, balki hozirgi vaqtning o'zida, yani tarbiya jarayonining o'zida tartib saqlab turishni vazifa qilib qo'yadi. Gerbart «yovvoyi sho'xlik» bolalarga xos bir narsa deb hisoblab, boshqarish ana shu «yovvoyi sho'xlik»ni yo'qotishi lozim deydi. Boshqarish tashqi tarbiyani saqlab turishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.91 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.91 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga