Logopediya fanining maqsad va vazifalari

Logopediya fanining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Logopediya fanining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Logopediya fanining maqsad va vazifalari REJA: 1. Logopediya fani haqida tushuncha. 2. Logopediya fanining maqsad va vazifalari. 3. Logopediyaning ahamiyati. 4. Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Tayanch so'zlar: (neyropsixolingvistik, logopedik jarayon va ta'sir) Logopediya bu nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta'lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o'rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o'rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sarasiga qo'shadilar. Logopediya termini grekcha loges, peydeo so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, tarjimada to'g'ri nutqni tarbiyalash ma'nosini anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o'qitish va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o'rganish obyekti nutq nuqsoniga ega bo'lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasi bilan bir oz bo'lsa ham chetga chiqish-bu nutq nuqsoni deb hisoblanadi. Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli maktab bolalar logopediyasi, o'smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo'linadi. Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni o'qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asosalangan sistemasini ishlab chiqish, shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlan I.P.Pavlov ta'limotiga muvofik nutq bosh miyaning murakkab psixo-fiziologik funksiyasini, uning ikkilamchi signal sistemasini o'zida namoyon etadi. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi bir-biri bilan uzviy bog'langandir. Ikkinchi signal sistemasi birinchi sistema asosida shakllanadi. Ammo keyinchalik ikkinchi signal sistemasining birinchi signal sistemasiga tartibga soluvchi ta'siri namoyon bo'ladi. So'z alohida xususiyatning signali, umumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o'zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, bo'zilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o'rnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun imokniyat yaratadi. Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko'rsatish mumkin: 1.Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o'rganish. 2.Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. 3.Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o'z -o'zidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli ko'rinishdagi faoliyatlarni namoyon qilishga, o'zlarini tutishlariga ta'sirini aniqlash. 4.Rivojlanishida turli xil farqlar bo'lgan bolalarda nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o'rganish. 5.Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va alomatlarini aniqlash. 6. Nutq buzilishlarining pedagogik diagnostikasi metodlarini ishlab chiqish. 7.Nutq buzilishlarini tartibga solish. 8.Nutq buzilishini bartaraf etish prinsiplari, differensiallashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish. 9.Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. 10.Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. Logopediyaning yuqorida ko'rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yo'nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni nutq buzilishlarini o'rganish hamda ularning oldini olish, aniqlash, tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Amaliy tomoni nutq buzilishini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.15 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.15 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga