Logopediyaning metodologik asoslari

Logopediyaning metodologik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Logopediyaning metodologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Logopediyaning metodologik asoslari REJA: Logopediyaning prinsipi va metodlari. Logopedning shaxsi. Logopediyaning tushunchani darajalash apparati. Tayanch so'zlar: (sistemalilik, komplekslilik, empirik metod, dyuntologiya qiyosiy langityudinal praksimetrik usul, didaktik tamoil.) Nutq buzilishini o'rganishda va tuzatishda logopediya nutq va fikrning o'zaro bog'likligi haqidagi anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning o'zaro munosabatlari to'g'risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanish haqidagi ichki va tashqi omillarning o'zaro ta'sir haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi. Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi: sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish prinsipi, nutq buzilishining bolani psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o'zaro bog'liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondashuv, ontogenetik prinsip, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish prinsipi, nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa prinsiplar. Sistemalilik prinsipi til haqida murakkab funksional sistema to'g'risidagi tushunchaga tayanadi. Uning buzilish komponentlari o'zaro chambarchas aloqada bo'ladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanish jarayonlarini va buzilishini tuzatishni o'rganish nutq qurilish sistemasining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta'sir etishni nazarda tutadi. Rivojlanish prinsipi, shuningdek bolaning yaqin rivojlanish doirasidan urin olgan ma'lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarni logopedik ish jarayoniga ajratishni ham ko'zda tutadi. Nutq buzilishini o'rganish va tuzatishda didaktik prinsiplar: Ko'rgazmalilik, tushunarlilik,onglilik, yakka tartibda yondashish va boshqalar muhim o'rin tutadi. Logopediya fani metodlarini shartli ravishda bir nechta guruhlarga bo'lish mumkin: 1.tashkiliy metodlar: kiyosiy longityudonal, kompleksli. 2.Empirik metodlar: observasion, eksprimental, psixodiagnostik, faoliyatni shuning bilan bir qatorda nutqiy faoliyatni ham tashkil qilishning parasmetrik usullari, biografik metod. 3 miqdor va sifat analizi bunda olingan ma'lumotlar EXM ni qo'llagan holda mashinada ishlab chiqariladi. 4.Interpretatsion metodlar uslublar o'rganilayotgan hodisalar o'rtasidagi aloqalarni nazariy tashkil qilish usullari. Logoped umumnazariy va maxsus ixtisosli bilimlar sistemasini egallagan bo'lishi kerak. Bu bilimlarning majmui va kengligi unda nuqsonli rivojlanishning tipologiya va tarkibi, nutqiy nomukammallikning oldini olish va uni bartaraf etish usullari haqidagi, ruhiy pedagogik ta'sir etish metodlari to'g'risidagi tasavvurlarni shakllantiradi. Logoped nutq buzilishlarini payqab olishi, ularni tuzatish va bartaraf etish usul hamda metodlarini egallagan bo'lishi, bunday nuqsonlarni oldini olishga doir profilaktik ishlarni yo'lga qo'yishi, nutqi zaiflashgan bolalarni maktabgacha tarbiya yoshida ham, maktab yoshida ham ona tili bo'yicha o'qitishning maxsus metodlarini qo'llay olishi, g'ayritabiiy nutqli bolalarning muhim psixik xususiyatlarini bilishi, ularni tarbiyalash usul hamda metodlarini egallagn bo'lishi, ulardagi oliy miya qobig'i faoliyatini tuzatish va rivojlantirish uslublaridan qo'llay olishi kerak. Logopedning ixtisosi bo'yicha chuqur bilimga egaligi dasturlarni, maktab darsliklarini, logopediya bo'yicha qo'llanmalarni bilishni o'z ichiga oladi. Bolalarni o'qitish, tarbiyalash va ularning buzilgan nutqlari yuzasidan olib boriladigan ishlarning samaradorligiga erishish uchun logopedning shaxsi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.23 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.23 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga