M. Behbudiy - pedagog-tashkilotchi

M. Behbudiy - pedagog-tashkilotchi

O'quvchilarga / Pedagogika
M. Behbudiy - pedagog-tashkilotchi - rasmi

Material tavsifi

M. Behbudiy - pedagog-tashkilotchi M.Behbudiy ma'rifatning, maorif ishlarining faqatgina nazariyotchisi bo'lib qolmay, balki o'lka maorifi rivojida amaliy tomondan ham jonbozlik ko'rsatdi. U Istanbul, Ufa, Kirim, ozon, Orenburg kabi shahar va mamlakatlarni ko'rdi va bildi, yangi usulni turkistonliklar orasida birinchilar qatori amalda qo'lladi. 1905 yilda Behbudiy tomonidan tashkil etilgan maktab Samarqand shahri yaqinidagi Kaptarxona qishlog'ida edi. Tajriba sifatidagi bu maktabning shaharda emas, balki qishloqda ochilishining boisi bor edi. Chunki shaharda ushbu usulda o'qitishga qarshi chiquvchilar hukumat tomonidan ham, mahalliy aholi tomonidan ham juda ko'p edi. Behbudiyning bu maktabdagi faoliyati haqida o'sha vaqtlarda Samarqand shahrida Morozov tomonidan nashr etilayotgan Samarqand gazetasida Almatov degan muallif tomonidan xabar berilgan. Unda: Zamechatelno, neojidannaya legkost v usvoenii uchenikami chteniya i pisma, ustranivshaya nadobnost v pobujdenii i nakazanii, privyazala uchenikov k shkol i uchitelyu, chego net v obiknovennom maktabe deydi [2.19]. Bu usulning muvaffaqiyatiga boshda mahalliy aholi ishonishmaydi. Lekin hamma ish juda silliq ko'chadi. Ota-onalar bu maktabda bolalarining juda tez savod chiqarayotganligini ko'rib, hayron bo'ladi va shubhalana boshlaydilar. Avvallari 3-4 yillarda o'rganadigan narsalarni bolalar bir yilda o'rganib olishgan edi. Ko'pchilik tez o'rgangan, tez esidan chiqaradi deb xulosa qiladi. Lekin shogirdlar olgan bilimlarini unutish o'rniga, kundan-kunga olg'a qarab borayotgan edi. Behbudiy boshda shogirdlarga oddiy o'quv-yozuvni o'rgatgan bo'lsa, keyin Haftiyakni o'rgatishga kirishadi. Ushbu Haftiyakni o'qitish jarayonida Behbudiyda yangi fikr paydo bo'ladi. Endi u o'z o'quv dasturiga sistemali suratda arab tilini o'qitishni kiritadi. Bundan tashqari, maktabda arifmetika, geografiya va shu kabi dunyoviy fanlar ham o'qitilar edi. Bu maktab ochiq havoda bo'lib, oddiy partalar qo'yilgan joydan iborat bo'lgan. Shogirdlar soni 40talar atrofida bo'lib, 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar edi. Behbudiy maktabni ko'rish uchun yashiriqcha kelgan mahalliy aholi va mullalarni hamkorlikka chaqiradi. Lekin mullalarning bu taklifdan esxonalari chiqib, vahima ko'tarishadi. Ota-onalarning ko'pchiligi globusni ko'rib, o'qituvchi Behbudiyning geografiya darsida yer aylanadi, quyosh yerdan katta degan so'zlarini eshitib, uni shariatga zid narsalar haqida tashviqot qilishda ayblay boshlaydilar. Shunda Behbudiy erishgan shuncha muvaffaqiyatlariga qaramay, baribir, o'ziga bir hamkor, hammaslak, hamfikr kerak ekanligini anglaydi. Uning Samarqand shahri, Jomboy tumani, Rajabamin qishlog'ida o'z hisobidan maktab ochib, bolalarga saboq berayotgan Abdulqodir Shakuriy bilan tanishuvi bu hamkorlikni boshlab berdi. Dastlab, Behbudiy Shakuriy maktabiga borib, uning darslariga, o'quv dasturlariga yordam berib yuradi. Jug'rofiya fanidan shogirdlarga dars beradi. Behbudiy bu haqda Turkiston viloyatining gazeti da kamina raqami haruf ham haftaga bir-ikki marotaba borib tartib va prug'rammalarini muallim ila bomashvarat tuzaturman. Jug'rofiya va masohat to'g'risinda ta'lim va imtihon qilarmiz. Xulosa, alhamdullilo, maktabni rivoji yaxshi va bir oz aqcha pul to'g'risidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.84 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.84 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga