M. Behbudiy darsliklarining pedagogik asoslari

M. Behbudiy darsliklarining pedagogik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
M. Behbudiy darsliklarining pedagogik asoslari - rasmi

Material tavsifi

M.Behbudiy darsliklarining pedagogik asoslari Buyuk ma'rifatparvar maktab va uning asoslarini yaratish ishini bir butun holda qarab, bu yo'lda ham ko'p muvafaqqiyatlarga erishgan. Ushbu asoslar esa uning usuli jadid maktablari uchun yaratgan kitob va qo'llanmalarida aks etadi. Behbudiy yaratgan usuli jadid ruhidagi o'zbekcha va forscha darsliklari o'z zamonasidayoq juda mashhur bo'lib ketgan va ulardan bazilari qayta nashr etilgan. Behbudiy yaratgan darsliklar haqida keyingi vaqtlarda olimlarimiz tomonidan elon qilinayotgan maqola va risolalarda nomlari qayd etilib borilmoqda. Bular 1990 yilda nashr qilingan B. Kosimov va U. Dolimovlarning ma'rifat darg'alari nomli kitobida, Sh.Turdievning 1994 yili Muloqot jurnalining 3-4 qo'shma sonlarida elon qilingan Mahmudxo'ja Behbudiy sarlavhali maqolasida, A.Alievning ma'rifat gazetasi 1993 yil 16 iyunda Mahmudxo'ja Behbudiy ta'lim-tarbiya xususida maqolasi, N.Avazovning 1993 yil chop etilgan Mahmudxo'ja Behbudiy - ma'rifatparvar nomli risolasida tilga olinib o'tilgan. Biz olimlarimiz tomonidan keltirilgan Behbudiy darsliklari ro'yxatiga suyangan holda, Behbudiyning o'z nashrlari sanalmish Samarqand gazeti va Oina majallalarida doimo so'nggi sahifadan joy olgan Usuli jadid maktabi uchun tayyor kitoblar sarlavhasi ostida sanab o'tilgan kitoblar ro'yxatini keltirishni lozim topdik. Bular quyidagilar: 1. Alifbo maktabi islomiya - forscha. 2. Kitobat ul-atfol (Bolalar uchun kitob) - turk va forscha tillarda. 3. Amaliyoti islom - turkiy tilda 4. Muxtasari tarixi islom - o'zbek tilida. 5. Muntahabi jug'rofiyai umumiy - turkiy tilda. 6. Madxali jug'rofiyai imroniy - Muxtasari jug'rofiyai Rusiy - fors va o'zbek tillarida. Ushbu ro'yxatdan tashqari B.Kosimovning Yoshlik jurnalida elon qilingan Karvonboshi maqolasida tatar yozuvchisi Olimjon Ibrohimovning so'zlarini keltiradi. Unda shunday deyilgan: darsliklarimiz olaminda Istanbulli Ahmad Midxatning Xoja avvali, bizning Muallimi avvalimiz o'rnina alarning Xo'ja Behbudiylari Adibi avvallar yozg'onlig'in [2.39] aytib o'tadi. Bundan tashqari N.Avazov o'zining Mahmudxo'ja Behbudiyning ijodiy merosi nomli dissertatsiyasida Behbudiy kitoblari ro'yxatiga 1918 yilda yaratilgan Hisob nomli kitobni ham keltiradi. Yuqoridagi dalillarga suyangan holda aytish mumkinki, Behbudiyning Adibi avval va Hisob nomli darsliklari ham mavjud bo'lgan. Lekin haligacha bu kitoblar ilmiy jamoatchilik tomonidan topilgan emas. Behbudiy darsliklari tartibini yuqorida nomlari keltirilgan olimlarimiz tomonidan tuzilgan ro'yxatlarga va Behbudiyning o'zi sanab o'tgan kitoblar ro'yxatiga suyanib, ularni quyidagicha keltirish mumkin: 1. Alifbo maktabi islomiya. - 1904 yil. fors tilida. 40 sahifa, 15 tiyin. 2. Madxali jug'rofiyai imroniy - Muxtasari jug'rofiyai Rusiy (Aholi jug'rofiyasiga kirish). - 1905 yil, fors tilida, 88 sahifa, 45 tiyin. 3. Muntaxabi jug'rofiyai umumiy (Kisqacha umumiy jug'rofiya). - 1906 yil, 124 sahifa, 75 tiyin. 4. Kitobat ul-atfol (Bolalar uchun kitob). - 1908 yil. birinchi nashri, 1914 yil, ikkinchi nashri, turk va fors tillarida, 36 sahifa, 15 tiyin. 5. Amaliyoti islomiya - 1908 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.98 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.98 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga