Madaniy ma'rifiy muassasalar faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish. Reja O'zbekiston san'ati namoyondalarining xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy faoliyatidagi aloqasi. O'zbekistonda jahon mikiyosidagi festivallarning o'tkazilishi. O'zbek san'atining xorijiy mamlakatlarda namoyish etilishi. Xulosa. Madaniy ma'rifiy muassasa dramaturgiyasi asosida xam konkret faktlar, real shaxslar yotadi. Shu ma'noda madaniy muassasa dramaturgiyasi o'z salaflari bilan mushtarak xususiyatiga ega. Birok ommaviy auditoriyaga ega bo'lgan, kishilar bilan jonli muloqotda buladigan, mjtimoiy va hayotiy muammolarni vazifalarni, aniq, yuzma-yuz gaplashib olinadigan xordik chiqarishga kumalashadigan madaniy muassasalar va ularning targ'ibot-tashvikot ishlarida kishilar uyushmasining ijtimoiy tajribasi hisoblangan klub dramaturgiyasi o'ziga xos spetsifik xususiyatlarga ega. Avvalo madaniy muassasa dramaturgiyasi vazifasi, yo'nalishiga ko'ra publitsistik ijod tarkibiga kirishni ta'kidlash kerak. Shuningdek u pedogogika psixologiya bilan mustahkam aloqada madaniy muassasa dramaturgiyasi ta'sirlash, bayon etish, ko'rsatish, tomoshaviylik, ishontirish, xordik chiqarish metodlaridan keng foydalanadi. Madaniy muassasa xam san'at kabi targ'ib va tashvik qiladi, insonning borligini zabt etadi, natijada kishi dam oladi, lazzatlanadi, kamol topadi. Shuni aytish kerakki madaniy muassasada dramatik materialning kizikarli qatlami mavjud. Madaniy muassasa hayot, davr ilgari surayotgan masalalarni partiya karorlarida belgilab berlgan karor masalalar bajarayotgan kishilarning kaxramonona mehnatini, tematik kechalar, agitbrigada tomoshalari, teatrlashtirilgan mitinglar, ommaviy sayillar va bayramlar xalq urf-odatlari va marosimlarning ssenariylarida umumlashtiradi. Ana shular madaniy muassasa dramaturgiyasining predmetidir. Madaniy muassasa ishlarining quyidagi shakllari keng tarkalgan: konsertlar, musobaqalar, og'zaki jurnallar, viktorinalar, sport musobaqalari, raks o'yinlari va boshqalar. Madaniy muassasa dramaturgiyasi teatr, kino, radio, teledramaturgiyadan quyidagi xususiyatlarga ko'ra farqlanadi. U umumiy masalalarga munosabat bildirish bilan birga, mahalliy sharoitda mavjud yoki endi yetilib kelayotgan masalalarga, konkret faktlar jiddiy e'tibor bChunki hujjatlilik- teatr televideniya, radio, kino va madaniy muassasa publitsiyatikasining mushtarak xususiyatidir. Masalan: teatr, televideniya, radio va publitsistik kinodramaturgiya hujjatlar tili bilan gapirsa umumiyfaktlardan juz'iy xulosalar chikarsa klub dramaturgiyasi esa umumiy faktlardan shunday foydalanadiki, hujjatli faktlar konkret korxona, shahar, hayotini aks ettirib ulardan umumiy xulosalar chikaradi. 2-dan, madaniy muassasa auditoriyasida utirganlar teatr kino zaldagi yoki televizor qarshisidagi oddiy tomoshabinlar emas, balkim tadbir vokeasiga aktiv aralashuvchi, o'z fikrini tadbir katnashchilariga erkin izxor qiluvchi kishilardi. 3-dan , madaniy muassasa dramaturgiyasida biror tadbir ssenariysi sxemasini ikkinchi tadbirga qo'llash mumkin emas. Xar qanday Yangi ssenariy uzgacha bo'lishi va o'ziga xos tuzilishi va uziga tuzilishi kerak. 4-dan, klub fakat u yoki bu muhim sanani nishonlash yoki hujjatli faktlarni illyustratsiyalash asosida tadbir o'tkaziladigan joygina bulmay, balki odamlar doimiy muloqotga kiradigan, ma'lum bir konkret toifa va gruppalarni birlashtiradigan madaniyat muassasidir. Klubdagi tadbir qanday temada bo'lishdan kat'iy nazar, u o'ziga xos ifodalanadi. Shuning uchun xam madaniy muassasadagi tematik kechalar, teatrlashtirilgan tomoshalar, har xil bayramlar va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.36 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.36 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: doc