Madaniy-ma'rifiy xodimning kasbiy fazilatlari

Madaniy-ma'rifiy xodimning kasbiy fazilatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Madaniy-ma'rifiy xodimning kasbiy fazilatlari - rasmi

Material tavsifi

Madaniy-ma'rifiy xodimning kasbiy fazilatlari Reja: Madaniy-ma'rifatchilik kasbining xususiyatlari. Madaniy-ma'rifiy xodim mafkura ishining tashviqotchi-targ'ibotchisidir. Madaniy-ma'rifiy soha xodimining kasbiy fazilatlari. Madaniy-ma'rifiy soha xodimining mas'uliyatli vazifasi. Madaniy-ma'rifatchilik kasbi inson faoliyatining barcha sohalari singari o'z xususiyatlariga ega. Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri - madaniy-ma'rifiy ishlarning hayot bilan davlatimiz olib borayotgan siyosat va bunyodkor qurishlarning vazifalari bilan mustahkam bog'langanligidir. Madaniy-ma'rifiy ishlarning hayotdan u olg'a surayotgan muammolardan, kishilarimizning ehtiyojlaridan ajralib qolishi, ularni mavhum ma'rifatchilikka, quruq safsatabozlikka aylantirib qo'yadi, bunyodkor ishlarining muhim vazifalaridan chetga surib yuboradi. Shuni unitmaslik kerakki, faqatgina bizning davlatimiz olib borayotgan yangiliklarni hisobga olgan holda madaniyat uyi, madaniyat saroyi, joylashgan tuman, shahar, korxona, tashkilot, mahalla mehnatkashlari oldida turgan aniq vazifalar bilan uzviy bog'lab qiziqarli va mazmunli qilib olib boriladigan madaniy-ma'rifiy ishlargina samarali, ta'sirchan hamda foydali bo'lishi mumkin. Madaniy-ma'rifatchilik kasbining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u muntazam izlanishlarni, ishga hamma vaqt ijodiy yondoshishni talab etadi. Bizning davlatimiz erkin fuqarolik jamiyat sari o'sib borayotgan davlatdir. Hayotimizda ushbu kunlarda sodir bo'layotgan o'zgarishlar natijasida kishilarimizning axloqiy qiyofasi, fe'l-atvori o'zgarib ma'naviy va madaniy ehtiyojlari kundan-kunga o'sib hayotga bo'lgan qiziqishlari tobora ortmoqda. Bunday sharoitda madaniy-ma'rifiy ishlarning kechagi kunda maqbul bo'lgan shakl va usullari bugungi kunda eskirib qolmoqda. Shuning uchun, o'zgargan sharoit har bir shaxsga nisbatan g'oyaviy ta'sir etish, uning o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun yanada yangiroq, samaraliroq vositalar va usullarni qo'llashni talab etmoqda. Bu bir tomondan ommani, uning ehtiyojlarini yaxshi bilishni, ikkinchi tomondan madaniy-ma'rifiy ishlarning shakl va usullarini takomillashtirib, yangilab borishni taqozo etadi. Chunki, yangi sharoitda eskichasiga ishlayverish xalq ommasini xususan komil insonni tarbiyalashni muhim vositasi hisoblangan madaniy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini pasaytiradi, rivojlanishini to'xtatadi. Natijada, madaniy-ma'rifiy ishlardek ijodiy faoliyatda turg'unlik holatlari vujudga kelishi mumkin. Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganidek: «Axborot, tashviqot-targ'ibot, badiiy, ijodiyot, badiiy havaskorlik, madaniyat uylari, teatrlar, kutubxonalar va muzeylar ishi-g'oyaviy, siyosiy va mehnat, axloqiy, estetik tarbiyaning sohalari singari jonli, doimo rivojlanib boradigan ko'p qirrali ishda turg'unlikka mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi» Madaniy-ma'rifiy ishlarning uchinchi muhim xususiyati-uning pedagogik faoliyat bilan bog'liqligidir. Madaniy-ma'rifiy ishlar pedagogik faoliyatning boshqa turlaridan o'zining mazmunan murakkabligi, ko'p qirrali, shaqlan xilma-xilligi, ish shakllarining o'ziga xos tarzda bir-biriga chatishib ketganligi bilan ham farq qiladi. Bundan tashqarii madaniy-ma'rifiy muassasalarda ommaviy axborot va san'at vositalari, texnik vositalar va ommaning havaskorligini, ijodiy tashabbuskorligini tashkil etishning o'ziga xos usullari ham qo'llaniladi. Madaniy-ma'rifiy xodim barcha pedagog-tarbiyachilar qatori tarbiya ishining hamma yo'nalishlari: aqliy mehnat, axloqiy estetik va jismoniy tarbiya masalalari bilan shug'ullanadi. Lekin, u bunday ko'p qirrali tarbiyaviy ishlarni maktab va boshqa o'quv yurtlari pedagoglar jamoalarida bo'lganidek asosan bir xil yoshdagi, bir xil tayyorgarlikka ega ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.77 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.77 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga