Mafkuraning immunitetni shakllantirish - xavfsizlik va barqarorlik omili

Mafkuraning immunitetni shakllantirish - xavfsizlik va barqarorlik omili

O'quvchilarga / Pedagogika
Mafkuraning immunitetni shakllantirish - xavfsizlik va barqarorlik omili - rasmi

Material tavsifi

Mafkuraning immunitetni shakllantirish - xavfsizlik va barqarorlik omili Reja: 1. hozirgi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasi. 2. Mafkuraviy immunitet - barqarorlik omili 1.Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir kator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik faloqatlar, ma'naviy kashshoklik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog'liq umumbashariy jarayonlar xam bormokda. Butun Yer yuzi odamzot uchun yagona makon ekanligi aniq. Bunga shak-shubxa yuk, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni uzgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo'lgani malum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan kuprok bir davlat ichida, ikki davlat o'rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo'lishi mumkin edi. to'g'ri, aytaylik, Aleksandr Makedonskiy, Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki o'rta asrlardan boshlab evropalik istilochilarning boshqa kitalarni zabt etish olib borgan urushlari kulami jihatidan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmogi kerakka uxshaydi. XX asrda ruy bergan ikkita jahon urushida unlab davlatlar, bir necha kita mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak bunday xulosa muayyan darajada urinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Urush qurollari takomillashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish uyokda tursin, balki butun Yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yuk qilib tashlashga etadi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o'z ta'sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va karakatlar xam yuk emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irkchilik va diniy ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson kalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormokda. Bu xol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilab bermokda. Kishilik jamiyati tarixi insonda olijanob fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga xam, ayni paytda gayriinsoniylikning xilma-xil ko'rinishlari ildiz otib uzining mudxish qiyofasini namoyon qilishiga xam ko'p bor guvox bo'lgan. Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi, turli davrlarda yangi shakl - shamoyil, xususiyat kasb etdi. Bugungi kunda ularning eng yovuzlari Yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, hamkorlik hamda xamjihatlikka va oxir-oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta xavf tugdirmokda. Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o'z maqsadlari yo'lida uzgartirmokchi bulayotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmokda. Ularning asosiy shakllari va yo'nalishlari Prezidentimiz Islom Karimovning «O'zbekiston XX1 asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarakkyot kafolatlari» nomli asarida kursatib berilgan. Mazkur ma'ruzada ana shu asardan asosiy manba sifatida foydalanamiz. taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Buyuk davlatchilik shovinizmini, Prezident Islom Karimov takidlaganidek: «Muayyan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.34 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.34 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga