Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot turi sifatida Reja: 1. Magistrlik dissertatsiyasi va uning belgilari. 2. Dissertatsiya ilmiy malakaviy ish sifatida. 3. Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash. Ilmiy rahbarning majburiyatlari. 4. Magistratura talabasining magistrlik dissertasiyasi ustida ishlashi. Gipotezani ilgari surish. Ilmiy g'oyani qidirish. 5. Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo'yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga ob'yektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog'langan ikki tushuncha - tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba o'tkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqot namoyon bo'lishining asosiy jihatlari: erkinlik,yozma matn va unig og'zaki matndan farqi. Ilmiy tadqiqot jarayonida inson mohiyatan o'zligini anglaydi. Bu bilan inson nafaqat tashqi muhitda, balki o'z ruhiyatida ham o'zgarish yasaydi. Ilmiy ijod xilma-xil ma'naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bo'yicha sonsanoqsiz vazifalarni hal qilishga yo'naltirilgan faoliyatdir. Ilmiy tadqiqot jarayonida erkin bo'lish - moneliksiz ijod qilish, birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda obyektiv va xolis bo'lish muhimdir. Bundan ko'rinadiki, olimlar o'z ilmiy faoliyatining maqsadlari va metodlariga o'zlari axloqiy nuqtai nazardan baho berishlari, axloqiy me'yorlarni buzish bilan bog'liq bo'lgan tadqiqotlardan voz kechishlari lozim. Individual ilmiy tadqiqot. Individual ilmiy tadqiqot - yakka tartibda amalga oshiriladigan va kashfiyot yoki innovatsion ixtiro natijalari uchun shaxsan o'zi javob berishi кo'zda tutilgan tadqiqotdir. Individual ilmiy tadqiqotda olimning shaxsiy qiziqishlari doirasida maqsadli faoliyat amalga oshiriladi. Zero, fanda olimlarning professionalashuv jarayoni ularning mehnatga munosabati, intellektual salohiyati nuqtai nazaridan individuallashib boradi. Olimning faoliyati fanning faqat bir tarmog'idagi faoliyatda namoyon bo'ladi, ishning aniq yo'nalishi ajratib olinib, egallangan bilimlar seleksiya qilinadi. Mavzuning to'g'ri tanlanishi bilimlar seleksiyasi bilan bog'liq bo'lsa, muammoning echimini topish yo'lidagi ilmiy izlanish shu bilimlarni takomillashtirishni talab qiladi. Hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot Ilmiy buyurtma asosidagi maqsadli faoliyat hamkorlikdagi faoliyatdir. Hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotda muayyan maqsad va uni amalga oshirishning yo'llari aniq ко 'rsatiladi. Hisobotlarda jamoaning ishtiroki aniq о'z ifodasini topishi lozim. Masalan, hozirgi kunda Quyosh energiyasidan foydalanish bo 'yicha hamkorlikda ilmiy tadqiqot olib borilmoqda. Shuningdek, hozirgi kunda nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqot dasturlari ham hamkorlikdagi ijod mahsuli bo'ladi, zero, ularda ishlab chiqilgan reja asosida jamoa a'zolarining vazifalari faoliyat turi bo 'yicha aniq belgilangan, San'at sohasida hamkorlikdagi ijod ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.04 MB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.04 MB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: pptx