Mahalla ijtimoiy ma'naviy hayotimiz ko'zgusi Reja: Mahalla xalqimizga xos o'zini o'zi boshqarishning noyob milliy demokratik tizimi. ma'naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda mahallaning roli xususida Mahalla - xalqimizga xos o'zini o'zi boshqarishning noyob milliy demokratik tizimi. Mustaqillik yillaridagina mahalla, Prezidentimiz ta'rifi bilan aytganda, «ta'sirchan ijtimoiy fuqarolik idorasi»ga, ayni vaqtda «ona yurt ramzi»ga aylandi. Bu tizim ozod va obod Vatan barpo etish, xalq farovonligini ta'minlashga yo'naltirilgan keng ko'lamli demokratik islohotlarni amalga oshirishda O'zbekiston davlati va jamiyati uchun mustahkam tayanch bo'lmoqda. Istiqlol yillarida erishilayotgan barcha zalvorli yutuqlarda mahalla institutining roli va ahamiyati juda katta. Eng muhimi, bu muvaffaqiyatlar zamirida yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va barqarorlik, o'zaro totuvlik va hamjihatlik, xalqimizning yuksak bunyodkorlik ruhi va yorug' kelajakka komil ishonchi mujassamdir. Hozirgi kunda yurtimizda 9 ming 756 ta fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyat ko'rsatmoqda. Ilgari mahalliy davlat idoralari zimmasida bo'lgan o'ttizdan ortiq vakolatlar endilikda fuqarolar yig'inlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, mahallalar aholining ehtiyojmand qatlamlariga, boquvchisini yo'qotgan, kam ta'minlangan oilalarga, jismoniy imkoniyati cheklangan va yolg'iz qariyalarga chinakam mehrmuruvvat ko'rsatish, oilalar mustahkamligini ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishda, eng asosiysi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda muhim o'rin tutib kelmoqda. Shu o'rinda mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan milliy va ma'naviy qadriyatlarni e'zozlash va izchil targ'ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va an'analarini keng ommalashtirish dolzarb vazifa sifatida kun tartibidan o'rin olganini takidlash joiz. Ayniqsa, yurtimiz mahallalari o'rtasida madaniy va ma'rifiy ishlarni keng yo'lga qo'yish, mahallalarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash choralarini davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash masalasiga alohida etibor qaratila boshlandi. Binobarin, barcha hududlarda huquqiy asosda mahallalarni yangidan tashkil etadigan, ularning faoliyatini keng rag'batlantirib boradigan, tizimning eng quyi va eng yuqori bo'g'inlarining boshini birdek qovushtiradigan, ilg'or tajribalarini keng targ'ib qiladigan idoraga ehtiyoj tug'ildi. Shu manoda, 1992 yil 12 sentyabrda, Prezidentimizning Farmoniga muvofiq, Respublika «Mahalla» xayriya jamg'armasi tashkil etilgani g'oyat muhim voqea bo'ldi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu Farmonning tarixiy ahamiyati shundaki, bu muhim dasturiy hujjat ko'p asrlik tarix, milliy an'analarga ega, mustaqillik yillarida butunlay yangicha mazmun va mohiyat kasb etgan o'zini o'zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini yaratibgina qolmay, ularning asosiy vazifalari, rivojlanish yo'llari va tamoyillarini belgilab berdi. Ushbu Farmonda jamg'armaning oldiga tarixan tarkib topgan milliy va ma'naviy qadriyatlarni e'zozlash va izchil targ'ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va an'analarini ommalashtirish, mamlakatimiz mahallalari o'rtasida madaniy va ma'rifiy ishlarni keng yo'lga qo'yish, shuningdek, mahallalarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash vazifalari qo'yilgani ayniqsa tahsinga sazovordir. Shu tariqa Respublika «Mahalla» xayriya jamg'armasining tashkiliy tizimi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.59 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.59 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: doc