Mahalla xalq vijdoni Reja: Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatining ajralmas belgisi Mahalla xalq vijdoni Malumki, eski tuzum davrida aholining hayotiy manfaatlariga daxldor bo'lgan barcha muhim hujjatlar hamda qarorlar jamoatchilikdan yashirincha tayyorlangan va qabul qilingan. Bunday qarorlar ijrosi ustidan zarur nazoratning mavjud emasligi sababli esa ular deyarli bajarilmay, o'lda-jo'lda qolib ketavergan. Yanada yomon tomoni, bu boradagi ijtimoiy fikr nainki hisobga olinmagan, hatto pisand ham qilinmagan. Ana shunday yaroqsiz odatga 1989 yilning 23 iyunidan, yani Islom Karimov O'zbekiston rahbari sifatida faoliyat boshlagan kundan etiboran barham berildi. Yurtimizda eng muhim qarorlar mahalla faollari, olimlar va mutaxassislar bilan birgalikda, matbuotda batafsil muhokama etila boshlandi. Yurtboshimiz o'sha davrdayoq takidlaganidek: «Biz jamoatchilik fikri bilan hisoblashishga, xalq an'analarini ehtiyot qilib asrashga burchlimiz». Shundan buyon mamlakatimizda ijtimoiy fikr, jamoatchilik nazorati masalalari davlat va jamiyat qurilishida muhim o'rin egallab kelmoqda. Jamoatchilik nazorati - fuqarolik jamiyatining ajralmas belgisi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ayniqsa, davlatning iqtisodiy sohaga, xo'jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi navbatda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash hamda qonunlar ijrosi bo'yicha davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bilan bog'liq masalalar alohida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bunda davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug'ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko'paytirsak, amaldorlarning zo'ravonligi va korruptsiya shuncha avj olaveradi, shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida etibor qaratishimiz lozim, deya O'zbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan fikrlar dasturilamaldir. «Jamoatchilik nazorati» fenomenining tub mohiyatini ta'riflashda barcha jamoat tashkilot- lari, mahalla oqsoqollari, xalq deputatlari va faollar amalga oshirilayotgan islohotlar suratini, ularning sifatini, islohot boshida turgan rahbarlarning g'ayratini, layoqatini xolisona o'rganib, xolisona nazorat qilib, ularning yutuqlarini etirof etib, kamchiliklarini ro'y-rost ochib tashlashi kerakligini hisobga olish darkor. Prezidentimizning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo'lib o'tgan qo'shma majlisidagi ma'ruzasida takidlanganidek, jamoat tashkilotlarining obro'si oshib, mustahkamlanib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli jamiyatimizda tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o'zaro samarali aloqasini ta'minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o'zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Uzoq o'tmishda shakllangan noyob jamoat instituti bo'lgan mahalla tizimi bugungi kunda «mahalla - xalq vijdoni» degan munosib ta'rifga to'la javob berishini va jamiyatimizdagi islohotlar uchun mustahkam tayanch bo'lib xizmat qilayotganini takidlash lozim. Tabiiyki, bu ta'rif odamlarning dardini, kundalik o'y-tashvishlarini yaqindan tushunishda, ularning og'irini yengil qilishda eng xalqchil idora bo'lgan mahalla tizimiga nisbatan yuksak ishonch, demakdir. O'zbekistonda mahalla institutiga fuqarolik jamiyati tizimidagi hal qiluvchi bo'g'in sifatida qaralayotganining muhim sabablaridan biri shundaki, mahallalar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.81 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.81 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:17 ]
Arxiv ichida: doc