Mahallada milliy sport o'yinlarini tashkil etishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

Mahallada milliy sport o'yinlarini tashkil etishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Mahallada milliy sport o'yinlarini tashkil etishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

RYeJA: MAHALLADA MILLIY SPORT O'YINLARINI tashkil ETISh IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA. 1. Milliy sport o'yinlarini tashkil etish muammosi bo'yicha ilmiy adabiyotlar tahlili O'zbek milliy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan xalq jismoniy madaniyati jismonan baquvvat yangi avlodni shakllantirish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini yaratishda alohida ijtimoiy-psixologik o'rin tutadi. O'rganilgan ilmiy-uslubiy va maxsus manbalarning tasdiqlashicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanish bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Bu esa MSO'lar xalqimizning etnik madaniy turmush tarzi, jismoniy madaniyati bilan uyg'unlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, ajdodlarimiz MSO'larining tarixiy taraqqiyotini, sport o'yinlariga nisbatan shakllangan milliy psixologiyani turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, milliy psixologiya, ma'rifat, tarixiy voqealar hamda an'analardan alohida ajratib o'rganib bo'lmaydi. O'zbek xalq o'yinlarining paydo bo'lish tarixi va taraqqiyotini tadqiq qilishda shu kungacha saqlanib kelgan qadimiy memorchilik (yunon, rim, arab, fors mualliflarining qo'lyozmalari, turkiy bitiklar) obidalari va amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar, shuningdek, xalq og'zaki ijodi (epos, doston, rivoyat, afsona, topishmoq, o'yin, raqs, musiqa va boshq.) namunalarining natijalarini kontent-tahlilga jalb etish g'oyat muhimdir. Psixolog D.B.Elkonin o'z ilmiy-psixologik asarlarida bolalar o'yinlarining kelib chiqishini psixologik jihatdan o'rganib, - ibtidoiy kishilar ov, urush voqealarini va boshqa jiddiy faoliyat turlarini o'yinlarda ifodalaganlar. Ovdagi muvaffaqiyatsizlikni o'ynash - ular yo'l qo'ygan holatlarni hamda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlashda yordam bergan, - deb xulosa chiqaradi. Elementar tarbiyaning bosh masalasi bolani jismoniy jihatdan tarbiyalashdir. Shveytsariyalik mashhur pedagog I.P.Pestalotstsining aytishicha: Hayot etilgan jismoniy nihollarning uyg'onishidan boshqa narsa emas, bu nihollar endi o'zining butun kuchi bilan, o'zining hamma novdalari bilan o'sishga va kamolotga etishga intiladi hamda insonga aylanishi lozim bo'lgan jonivorning uyg'onishidan boshqa narsa emas. Shuning uchun bolaning kundalik jismoniy kuchlarini mashq qildirish va rivojlantirish muhimdir. Pestalotstsi jismoniy tarbiya orqali bolaning jismoniy kuchlarini rivojlantirish uchun uni turli harakatlarga yo'naltirishga alohida etibor bergan. Jismoniy tarbiyani aqliy, axloqiy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog'lab olib borish zarurligini uqtirgan, o'zi esa jismoniy barkamollikning asosi mehnat tarbiyasi, deb tushungan. Shuning uchun: To'g'ri tashkil qilingan jismoniy mehnat bolalarning aqliy va axloqiy kuchlarini o'stiradi, - deb yozgan. O'zbek xalq o'yinlarining paydo bo'lishi bizning eramizgacha bo'lgan davrga, aniqrog'i, ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to'g'ri keladi. Buni tarixiy, arxeologik, etnografik, folkloristik va boshqa manbalar to'la-to'kis isbotlaydi. Qadimgi rim yozuvchisi Elianning guvohlik berishicha, ajdodlarimiz bo'lgan saklar qabilasida MSO'lari musobaqalari juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli mashg'uloti sanalgan. Uning takidlashicha, saklar qabilasining yigitlari ana shu o'yinlar musobaqasida o'zlari enggan qizlarga uylanish huquqini olganlar. Yunon tarixchilari qoldirgan ma'lumotlarga qaraganda, bir vaqtlar O'rta Osiyo hududlarida yashagan qadimgi qabilalar mushtlashishni yaxshi biladigan mohir jangchilar, yani, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.44 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.44 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga