Mahsulot sifati va sertifikatsiyasining nazoratini tashkil qilish

Mahsulot sifati va sertifikatsiyasining nazoratini tashkil qilish

O'quvchilarga / Pedagogika
Mahsulot sifati va sertifikatsiyasining nazoratini tashkil qilish - rasmi

Material tavsifi

Mahsulot sifati va sertifikatsiyasining nazoratini tashkil qilish Reja: 1. Mahsulot sifati haqida tushuncha va uning mohiyati. 2. Mahsulotni standartlashning mohiyati va asoslari. 3. Mahsulot sifatining ko'rsatkichlari. Mahsulot sifati haqida tushuncha va uning mohiyati. Mahsulot sifati korxona faoliyatini rejalashtirish va uni aniqlashda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlardan biri bo'lib, unda mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarishning jihozlanishi, mutaxassislarning malakasi, boshqarish faoliyati ifodalanadi. Korxona ishlab chiqarish - xo'jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va boshqa ko'rsatkichlari mahsulot sifatining yaxshilanishi bilan uzviy tarzda bog'liqdir. Hozirgi zamon oziq-ovqat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar eng yuqori texnik iqtisodiy, estetik va boshqa talablarga muvofiq bo'lishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Taraqqiyotining hozirgi bosqichda mahsulot sifatini oshirish masalasi xalq xo'jaligining birinchi darajali muammolaridan biridir. Mahsulot sifati deganda uni istemol qilish xususiyatlarining majmui tushuniladi. Har bir ishlab chiqariladigan mahsulot u yoki bu foydali xususiyatga ega bo'ladi, kishilarning ko'p tomonlama ehtiyojlardan birontasini qondirish imkonini beradi. Ammo mahsulotning foydaliligi darajasi, uning maqsadga muvofiqligi har xil bo'lishi mumkin. Mahsulot sifati korxona ishlab chiqarish jamoasi ish samaradorligining pirovard ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifatida har qanday korxonada fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat madaniyati va intizomi o'z aksini topadi. Mahsulotning yuqori sifatli bo'lishi texnologik intizomga rioya qilish, ishchi va mutaxassislarning o'z kasbini yaxshi egallaganligi, vazifasiga mas'uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan munosabatda bo'lmasligiga bog'liq. Mahsulotni standartlashning mohiyati va asoslari. Standartlash va mahsulot sifatini boshqarish iqtisodiy fanlar mustaqil tarmog'ini tashkil qiladi. Standartlash fanning bir qismi sifatida o'z nazariyasiga va shu jumladan, umumiy va o'ziga xos asoslarga ega. Barcha ijtimoiy jarayonlarga xos bo'lgan rejali, sistemali va iqtisodiy samaradorlik standartlashga ham taalluqlidir. Bulardan tashqari, standartlashning quyidagi o'ziga xos prinsiplari mavjuddir: optimallik; dinamiklik; progresslilik; komplekslilik; direktivlik. Bu prinsipga ega bo'lgan barcha standartlar tashkilot va korxonalar uchun qonun kuchiga egaligini bildiradi. Standartga buysunmaslik qonun bo'yicha taqib etiladi. Standartni ishlab chiqish bosqichlari. Barcha korxonalar qo'llaniladigan kategoriyadagi standartlarni ishlab chiqishini rejalashtirishda va ularga xos umumiylik va tashkiliy-uslubiy birlikka erishish uchun standartlarni ishlab chiqarish 4-bosqichda amalga oshiriladi: Standartlarni ishlab chiqarishda texnikaviy talablarni ishlab chiqish va uni muxokamadan o'tkazish. Standart loyihasini ishlab tayyorlab taqrizga yuborish. Olingan taqrizlarni ishlab chiqish, tayyorlash va ularni tasdiqlash uchun yuborish. Standartlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va tasdiqlash. Har bir standart uchun izohnoma tuzilib unda quyidagi talablar o'z aksini topadi. standartni ishlab chiqarishdagi asos standartni ishlab chiqarishdan maqsad va vazifasi standart obyektining tavsifi; standartning ilmiy-texnika darajasi; standartni joriy etishdan olinadigan texnik-iqtisodiy samaradorlik; standartni joriy qilish muddati va uning harakatdagi muddati; boshqa standartlar bilan aloqasi; taqrizga yuborilganligi haqidagi axborot. Taqrizga jo'natilgan loyihalar yuqoridagi talablarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.23 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.23 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga