Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi. Mahsulot sifati menejmenti yo'nalishi - yangi yo'nalish

Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi. Mahsulot sifati menejmenti yo'nalishi - yangi yo'nalish

O'quvchilarga / Pedagogika
Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi. Mahsulot sifati menejmenti yo'nalishi - yangi yo'nalish - rasmi

Material tavsifi

Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi. Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo'yicha) yo'nalishi - yangi yo'nalish. Mahsulot va xizmatlar muvofiqligini tasdiqlashning milliy tizimi Reja: Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi. Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo'yicha) yo'nalishi - yangi yo'nalish. Mahsulot va xizmatlar muvofiqligini tasdiqlashning milliy tizimi. Mahsulot sifatining ko'rsatkichi. Mahsulot sifatining darajasini baholash. Mahsulotning sifatini baholash Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi Belgilangan mahsulotning sifat ko'rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko'rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo'luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o'z ichiga oluvchi ishlarning yig'indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo'linadi: foydalanishda sarflanadigan mahsulot; o'z resursini sarflaydigan mahsulot. Mahsulot sifatining ko'rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi: mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini; iste'molchilar talablarining tahlilini; mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini; sifat ko'rsatkichlariga bo'lgan asosiy talablarni. Mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi omillarni to'rt toifaga bo'lish mumkin: texnikaviy; tashkiliy; iqtisodiy; ijtimoiy. Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, yarimfabrikat-larning sifati va shunga o'xshashlar kiradi. tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta'mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta'minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish; malaka oshirishni tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o'zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi. Mahsulot sifatining tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida: tadqiqot va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarishda; muomalada; iste'molda yoki ishlatishida namoyon bo'ladi. Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini oshirilishida belgilovchi o'rinni egallaydi. Bu bosqich sifatni tashkil topishining boshlanishi hisoblanib, bunga ilmiy-texnika taraqqiyotining qo'llanishi natijasida hamda me'yoriy hujjatlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalada, iste'molga yoki ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko'rsatkichlariga rioya qilgan holda tayyorlash natijasida erishiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: andozalar, sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan namunalarga yo'naltirilgan tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa ishlarni bajarish; me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish; standartlarga rioya qilinishida o'z-o'zini nazorat qilishini amalga oshirish; mahsulot sifatining darajasini istiqbollash va me'yorlash; mahsulot sifatini rejalangan darajasiga erishish, turli usullarni tayyorlash choralarini joriy qilish, sinash va nazoratga yo'naltirilgan konstruktorlik va texnologik tadbirlarni ishlab chiqish; bizda va xorijda chiqarilayotgan shu xildagi mahsulot sifati haqidagi axborotni tahlil qilish; mahsulot sifatining ko'rsatkichlarini va shuningdek sifat darajasini baholashni tasniflash va aniqlash. Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqichida texnikaviy darajani rivojlanishini doimo yuqori sur'atlarda bo'lishini ta'minlaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 140.54 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 140.54 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga