Maktab direktori va pedagoglar Reja: 1.Maktabni boshqarish haqida tushuncha. 2.Maktabni ichki boshqaruv tizimi. 3.Maktabning ichki boshqaruviga rahbarlik . 4.Maktab ichki boshqaruvining tashkiliy pedagogik yo'nalishlari. 5.Maktab ishini rejalashtirish. 1.Maktabga rahbarlik qilish va uni boshqarish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasining xalq ta'limi to'g'risidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi Maktabni davlat jamoatchilik asosida boshqarish, xalqchillik, oshkoralik, o'z-o'zini boshqarish prinsiplari mintaqa xususiyatlarini hisobga olib boshqariladi. O'quvchilar, matab xodimlarini birlashtiruvchi maktab jamoasi o'z vazifasini ota-onalar, mahalla qo'mmitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiradi. Maktabni boshqarish maktab pedagoglar kengashi tomonidan jamoani o'z-o'zini boshqarish va bevosita rahbar tomonidan tasdiqlangan maktab Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Maktab konferensiyasi maktabning o'z-o'zini boshqarish asosiy bo'g'inidir. Konferensiyalar oralig'ida esa maktab kengashi oliy organ hisoblanadi. Maktabning o'quv tarbiya jarayonini va uning joriy faoliyatini maktab Nizomida belgilab berilgan direktor boshqaradi. O'quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish, o'qituvchilar va tarbiyachilarning kasb mahorati va ijodkorligini o'stirish maqsadida maktab pedagoglar kengashi, pedagog xodimlarni birlashtiruvchi jamoa tuziladi. Pedagoglar kengashi raisi pedagog xodimlar jamoasi tomonidan saylanadi. Uning ish tartibi maktab Nizomida belgilab beriladi. Bolalar, o'smirlar va yoshlar jamoat tashkilotlari matabda o'z Nizomlari asosida amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyat ko'rsatadilar. Pedagoglar jamoasi, maktab rahbariyati va bolalar, o'smirlar hamda yoshlar jamoat tashkilotlarining munosabati o'zaro hurmat, ishonch, ma'muriy va hamkorlik asosida quriladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, yuqorida ko'rsatib o'tilgan qoida, yo'l-yo'riq va talablar asosida maktabni ilmiy asosda to'g'ri boshqarish - maktab rahbarlari, maktab o'qituvchilarining mutaxassisligi bo'yicha tashkil etiladigan metod birlashmalarning rahbarlari, maktab kengashi va konferensiyasining rahbarlari, o'qituvchilar va sinf rahbarlarining maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslarini, boshqarish bobidagi ilg'or pedagogik tajribalarni qanchalik darajada egallab olganliklariga ko'p jihatdan bog'liqdir. II.Umumiy ta'lim maktabi - ta'lim-tarbiya muassasasidir. Uning rahbarlari zimmasiga yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash, inson shaxsini hozirgi davrning g'oyalari ruhida tarkib toptirish jarayonini boshqarish vazifasi yuklatilgan. Jamiyatda har bir xo'jalik tizimi va ishlab chiqarish o'chog'i ikki tizimchaning: boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimchaning birligidir. Masalan, korxona tizimida direktor boshchiligidagi zavod boshqarmasining butun boshqarma apparati boshqarish tizimiga kiradi. Maktab ichki boshqariuv tizimini tashkil qilishda ham ana shu qoidalarga asoslaniladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganimizda maktab ichki boshqaruv tizimida ham boshqaruvchi (maktab ma'muriyati, kasaba uyushmasi tashkilotlari) va boshqariluvchi tizimchalar mavjud. Masalan, maktab ichki boshqaruvi tizimida direktor boshliq, uning o'quv, tarbiya va xo'jalik ishlari bo'yicha o'rinbosarlari boshqariluvchi tizimchasiga kiradi. Boshqariluvchi tizimcha esa o'z yo'lida bir qancha boshqarish manbalariga bo'linadi. Ularga quyidagilar kiradi: 1.Maktabning o'quv-moddiy va texnikaviy bazasiga taaluqli ishlar; 2.Maktabni o'qituvchi va tarbiyachi hamda texnik xodimlar bilan ta'min etish, ularni joy - joyiga to'g'ri qo'yish va ular bilan ishlash; 3.Maktab ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.48 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.48 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: doc