Maktab geografiya maydonchasi o'quv - tajriba uchastkasi

Maktab geografiya maydonchasi o'quv - tajriba uchastkasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab geografiya maydonchasi o'quv - tajriba uchastkasi - rasmi

Material tavsifi

Maktab jo'g'rofiya maydonchasi o'quv - tajriba uchastkasi Reja: 1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiatshunoslik bilimlarini egallashida jo'g'rofiya maydonchaning tutgan roli. 2. Jo'g'rofiya maydonchasining jihozlari va unda o'quvchilar amaliy ishlari. 3. O'quv - tajriba maydonchasini tashkil etish va uning ahamiyati. 4. O'quv - tajriba maydonchasida boshlang'ich sinf o'quvchilari ish faoliyatining turlari. Asosiy tushunchalar: maktab sharoitida jo'g'rofiya maydonchasini tashkil etish. Maydonchaning o'quv-tarbiyaviy ishlarning amalga oshirishidagi ahamiyati, jo'g'rofiya maydonchasi jihozlaridan tabiatshunoslik bilimlarinio'zlashtirishda foydalanish yo'llari; maktab oldi o'quv-tajriba maydonchasining jihozlari; maydonchada o'quvchilarning amaliy ishlari; o'simliklar va hayvonlar ustida amalga oshiriladigan tajribalar. Kichik yoshli maktab o'quvchilarining jug'rofiy bilimlarini shakllantirish hamda nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash maqsadida jug'rofiya maydonchasi tashkil etiladi. U maktab oldi uchastkasida urnashtiladi. Maydonchada ob-havo va quyoshning holati ko'zatiladi, joyda muljal olish masofani o'lchash ishlari o'tkaziladi. Maydoncha ochiq maydonda 10x10m joyda tashkil qilinadi. Buning uchun yer tekislanadi, qum sepiladi, atrofi uraladi. O'quv mashg'ulotlarini talab darajasida o'tkazish uchun quyidagi jihozlar hozirlanadi. 1. O'lchovli - devor. Buning uchun uramning har bir metri yeralab turli xil buyoqlar bilan bo'ladi, uning balandligi 1 metr. O'lchovli - devor bo'ylab yo'lcha qaziladi. Undan fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uchun masalan, Plan va xarita mavzusini o'tishda foydalaniladi. 2. Balandlikni o'lchovchi ustun, balandligi 10m. Har qaysi metri navbat bilan ikki xil rangli. U balandlikni taqqoslash, o'lchash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Uchida flyuger o'rnatiladi. 3. Flyuger - shamol yo'nalishini aniqlovchi asbob. Uni tunukadan o'quvchilarning o'zlari ham yasashlari mumkin. 4. Bo'y o'lchagich - yog'och asbob. Undan foydalanib o'quvchilar o'z bo'ylarini o'lchab, o'zaro taqqoslaydilar. 5. Kub metr, kvadrat metr - o'zunligi 1m keladigan reykalar o'zaro birlashtiriladi. Uni maydonchaga quyiladi. Ko'rgazmali vosita hisoblanadi. 6. Gnomon - tayoq. U quyoshninig ufq ustidan balandligini aniqlaydi, ufq tomonlarini ham belgilaydi. Buning yarmida soya shimolga yunaladi, u qisqa bo'ladi, chunki quyosh tikda zenitda bo'ladi, erta bilan soya g'arbga, kechqurun esa sharqqa yo'nalgan bo'ladi. Shimolga yo'nalishni bilish uchun doimo kunning yarmida gnomon soyasi yog'li buyoq yoki g'isht bilan belgilab quyiladi. 7. Quyosh soat - gorizontal quyilgan yog'och doira bo'lib, o'rtasida o'qi bor. Doiraning chetiga gnomon bo'yicha kun yarmida o'qning shimolga yo'nalgan soyasi bo'yicha 12 raqami qo'yiladi. Qolgan raqamlar ham bir-biridan teng masofada qo'yiladi. Uni quyosh soatini maydonchaning janubiga ochiq joyga o'rnatiladi. Quyosh soatidan barcha sinf o'quvchilari foydalanishlari mumkin. 8. Yomg'ir o'lchagich - oddiy paqir satildir. Yog'in miqdorini aniqlash uchun paqir ichiga chizg'ich tushiriladi. Menzurkadan ham foydalanish mumkin. Buning uchun kub santimetr hisobidagi menzurka raqamini 10ga ko'paytiriladi va paqir tagining satqiga bo'linadi. 9. Qor o'lchovchi reyka - chiziqlari bo'lgan maxsus reyka bilan qor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.99 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.99 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga