Maktab ichki boshqaruv tizimida rahbarlik uslubi, madaniyati va rahbarning fazilati hamda muomala odobi

Maktab ichki boshqaruv tizimida rahbarlik uslubi, madaniyati va rahbarning fazilati hamda muomala odobi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab ichki boshqaruv tizimida rahbarlik uslubi, madaniyati va rahbarning fazilati hamda muomala odobi - rasmi

Material tavsifi

Maktab ichki boshqaruv tizimida rahbarlik uslubi, madaniyati va rahbarning fazilati hamda muomala odobi Reja: Maktab ichki boshqaruv tizimida rahbarlik uslubi. Boshqarish madaniyati va mezonlari. Maktab rahbarining fazilati va xususiyatlari. Maktab rahbarining o'qituvchilar bilan muomala odobi. Maktabni boshqarish ijodiy jarayon bo'lib, u maktab rahbarlarining hilmahil ish usullarida namoyon bo'ladi. Mutlaqo ikki kishi bir hil bo'lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir hil uslub yo'q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o'z qo'l ostidagilar bilan bevosita aloqasida, ularning o'zaro munosabatlarida tarkib topadi. Uslub jamoadagi ijtimoiy munosabatlarning butun yig'indisi bilan shakllanadi, biroq uslub asosan rahbarga bog'liq. Xuddi shu rahbar maktabning ta'lim tarbiyaviy va xo'jalik ishlarini bir-biriga chambar-chas bog'liqligini amalga oshiradi. Xar-bir rahbar - tarbiyachidir. Rahbar qo'l ostidagi shaxsga shu qadar pedagogik madaniyatlilik bilan ta'sir ko'rsatish kerakki, bu ta'sir natijasida mazkur maktab pedagoglar jamoasining xar bir azosida onglilik shakllansin. Maktab direktorining jamoaga tayanib rahbarlik qilish san'ati, qo'l ostidagilarning fikrlarini anglab olish va tezda to'g'ri hulosalar chiqarish qobiliyati boshqaruv ishining to'g'ri tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab jamoasida yaxshi ijtimoiy-psixologik muhit va vaziyatning bo'lishi ko'p jihatdan rahbar bilan o'qituvchilar va tarbiyachilar o'rtasidagi munosabatlarga ham bog'liqdir. mustahkam intizom bo'lgan taqdirdagina normal pedagogik ish vaziyatini va jamoada to'g'ri o'zaro munosabatlarni vujudga keltirish mumkin. mustahkam pedagogik intizomga ega maktab rahbarining talabchanligi, tanqid va o'z-o'zini tanqid oshkoralarini rivojlantirish yo'li bilan erishiladi. Maktab rahbari o'qituvchi yoki tarbiyachining ta'lim tarbiya sohasidagi har bir yutug'ini, u ko'rsatgan yoki ko'rsatayotgan tashabbusini darxol qayd qilishi katta ahamiyatga egadir. Buni xech qachon esdan chiqarmasligi lozim. Chunki o'qituvchi hodimlarning mehnatiga to'g'ri baho berish va ularni rag'batlantirib borish maktabning o'quv tarbiya ishlarini yanada takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Boshqarish madaniyatining elementlari tegishli mezonlar bilan belgilanadigan axloq qoidalari (huquq va etika) ni o'z ichiga oladi. Huquq mezonlari xalq ta'limi qonunlarida davlat huquq-me'yoriy aktlarida, hamda o'rta umumiy ta'lim Nizomida aks ettirilgan. Maktab ishini boshqarishda etika (axloq to'g'risidagi fan) mezonlariga to'liq rioya qilish katta ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv madaniyati ilmiy asosda ishlangan aniq maqsadni ko'zda tutgan reja asosida boshqaruv ishini tashkil qilishda namoyon bo'ladi, bunda; so'z birligi bilan ish birligini ta'minlash. maktab jamoasining, o'quvchilar va ota-onalarning ehtiyoj va talablariga diqqat etibor hamda mafaatdorlik bilan munosabatda bo'lishi; ularning birortasini izzat-nafsoniyatiga tegmaslik; ko'zbo'yamachilik bilan shug'ullanmaslik; ishga nisbatan yuqori darajadagi intizom joriy etish; boshqarish jarayonida yuqori darajadagi pedagogik madaniyatni saqlash; rahbarning shaxsan va qo'l ostidagilarga rahbarlik qilishi; o'zining shaxsiy manfaatini davlat va umumjamoa manfaatidan ustun qo'ymasligi va shu kabilardan iboratdir. Maktab rahbarining muhim fazilatlaridan biri uning yaxshi o'qituvchi va metodist bo'lishidadir. hozirgi rahbar dadil, tashabbuskor, bilimdon, yuksak madaniyatli, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.92 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.92 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga