Maktab ichki boshqaruvining tashkiliy-pedogogik yo'nalishlari

Maktab ichki boshqaruvining tashkiliy-pedogogik yo'nalishlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab ichki boshqaruvining tashkiliy-pedogogik yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Maktab ichki boshqaruvining tashkiliy-pedogogik yo'nalishlari Reja: Maktab direktori va pedagoglar jamoasi; Maktab direktorining asosiy vazifalari; Maktab ma'muriyati xodimlari o'rtasidagi ish taqsimoti. Tayanch iboralar: Maktab direktori, pedagoglar jamoasi, ichki boshqaruv, ish-harakat, tarbiyaviy ishlar, sinf rahbari. Maktab ichidagi pedagogik mehnatni tashkil qilish kishilarni, avvalo ularning birgalikda bajarayotgan mehnatlari jarayonini tashkil etishdir. Jamoa mehnatiga rahbarlik qilishdagi eng muhim shartlardan biri mehnat xodimlarining oldida turgan vazifalarni yaxshi bajarishga imkon beradigan qilib tashkil etishni ta'minlashdir. O'sib kelayotgan yosh avlodga fan asoslaridan chuqur va mustahkam bilim berish, ularni yuqori darajada axloqli qilib tarbiyalash vazifalarini ko'plab o'qituvchi, tarbiyachi va texnik hamda xo'jalik xodimlarining umumiy mehnati jarayonida hal qilinadi. Lekin bu mehnatning muvaffaqiyati ko'p jihatdan ularning kuchlari qanday yo'naltirilayotganligiga, maqsadlar birligi va harakatlar muvofiqligi qanday ta'minlanayotganligiga bog'liqdir. Aks holda birgalikda qilinayotgan mehnat qatnashchilari bir-birlaridan ayrim holda, o'zlaricha alohida harakat qilib, bir-birlariga halaqit berishlari va mehnatning samaradorligini pasaytirib yuborishlari mumkin. Maqsadlarni tushunish birligini amalda yuzaga chiqarish, so'ngra bu maqsadlarga erishish jarayonida o'zaro aloqalarni ta'minlash va tashkiliy-pedagogik ishlarni o'z vaqtida to'g'ri amalga oshirish maktab ichki boshqaruvining muhim vazizifasidir. Makgab direktori pedagoglar jamoasi azosi bo'lib, u o'z jamoasi tomonidan chiqarilgan barcha qarorlarni bajarishga majburdir. Lekin, direktorlar ko'pincha mazkur qarorlarni bajarilishini tashkil etuvchi va shu qarorlarning qabul qilinishini tamin etuvchi sifatida ish ko'rishi lozim bo'ladi. qarorlarning qabul qilinishida direktor jamoa bilan kengashib ish ko'radi, qarorlarni bajarilishini tashkil etishda esa, direktor yakkaboshchilik prinsipida ish tutadi. Direktor jamoaning biror muhim masalasidagi fikrini aniqlab yoki jamoa fikrini tarkib toptirib, so'ngra ko'pchilikning shu fikrini jamoa qarori shaklida rasmiylashtirsa, xatolar qilishdan o'zini saqlagan bo'ladi. Amalda pedagoglar jamoasining qarori hamma vaqt ham ko'pchilikning fikrini ifoda etavermaydi. Bu kengash talablariga rasmiyatchilik bilan rioya qilish oqibatidir (bunday holda masalani asosan bir kishi hal qiladi, boshqalar esa faqat ovoz beradilar). Maktabga rahbarlik qilishda kollegial kengashni to'laroq ta'minlash uchun quyidagi shartlarga rioya qilish maqsadga muvofiq bo'ladi: - har qanday fikrlarni, muhokama qilinayotgan masalani hal qilishning har qanday usullarini bemalol bayon etish (bazida qimmatli fikrlar, mohiyati jihatidan yangi bo'lgan takliflar odatdagi takliflarga o'xshamaganligi sababli aytilmay qoladi); - jamoa bo'lib izlanish ruhi, o'rtaga qo'yilgan vazifalarni ko'plashib hal qilish, har bir masalani hal qilish variantlarini ishchanlik bilan muhokama etish; - jamoaning o'z kuchini his qilishga imkon beradigan huquqlarini kengaytirish, qabul qilinadigan qarorlar uchun mas'uliyatini oshirish; - Jamoa fikrini hurmat qilish. Mana shunday tartibda tashkil etilgan ichki boshqaruv-so'zsiz o'zining yaxshi natijalarini beradi. Lekin, shuni alohida takidlash kerakki, pedagogik jamoa ishining darajasini faqat ish-harakat birligi ko'rsata oladi. Ish -harakat birligi tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda, ayniqsa, muhimdir. Pedagoglar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.92 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.92 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga