Maktab ichki nazorati

Maktab ichki nazorati

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab ichki nazorati - rasmi

Material tavsifi

Maktab ichki nazorati Reja: 1. Maktabni ichki boshqaruvi tizimida ichki nazoratning tutgan o'rni; 2. Ichki nazoratni rejalashtirish va amalga oshirish; 3. Maktabning ichki boshqaruvi tizimida ichki nazoratning tutgan o'rni, pedagogik ahamiyati; Tayanch iboralar: Maktab, ichki nazorat, reja, pedagogik kengash, o'quv tarbiyaviy ish, dars tahlili, dars turlari, tematik, frontal, operativ Ichki nazorat-maktab ichki boshqaruvining ajralmas qismi bo'lib, mazkur boshqaruv tizimida muhim o'rinni egallaydi. Chunki har bir maktab direktori rahbarlar o'rtasida ish taqsimotiga ko'ra birkitilgan ishlarning maktabdagi qo'yilish holati va uning natijalariga tegishli bo'lgan axborotlar bilan muntazam ravishda qurollanishi, to'plangan axborotlarni leksik, pedogogik jihatidan tahlil qilishini yanada yaxshilashga qarata tadbirlarni belgilab borishi muhim ahamiyatga egadir. Ichki nazorat maktabining o'quv moddiy texnik manbaiga, ta'lim tarbiya, sinfdan va maktabdan tashqari ta'lim tarbiyasi, tarbiya ishlariga, o'quvchilarni darsliklar bilan ta'minlash kabi qator masalalarga tegishli bo'lishi mumkin. Chunki nazorat ishi orqali har bir o'quvchi, maktabning holatini bilib boradilar, maktab ishidagi nazorat muayyan maqsad reja va mavzu asosida amalga oshiriladi. Maktab ichki nazorati bo'yicha ishlangan rejani choraklik, yarim yillik, o'quv yiliga munjallab turish mumkin hamda avgust oyida o'tkaziladigan pedagogik kengashda muxokama qilinib tasdiqklanadi. Ichki nazorat rejasi quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi. Maktabning hamma ko'rsatkichlari bo'yicha rejaning bajarilishi; O'quv tarbiya ishlarining ahvoli; Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlar; Maktabning jamoatchilik va maktabning otalik tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar; Maktabning pedagog xodimlari bilan ishlashi; Maktab hujjatlarini yuritish; Maktab o'quvchi yoshlar tashkilotining ishlari; Maktabning moliya xo'jalik ishlari; Maktab oila va jamoatchilik hamkorligi; Sinf rahbarlarining ishi. Maktabning ichki nazoratini o'rganiladigan masalaga qarab uch guruhga bo'lamiz. Tematik nazorat; Frontal nazorat; Operativ nazorat. Tematik nazorat aniq mavzu asosida yoki ayrim fanlarning o'qitilishini nazorat qilish. Yoki 2-3 o'qituvchini ishini metod birlashma ishini o'rganish ham tematik nazoratga kiradi. Maktab ishlarini kompleks nazorat qilish ta'lim tarbiya va xo'jalik ishlarini keng kamrab olgan, to'liq pedagogik manodagi masalalarni o'rganishni maqsad qilib qo'yadi. Maktabda aniq fanlarning o'qitilishi va uni yanada yaxshilash; Maktabda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning amalga oshirish va uni yanada takomillashtiri; O'quvchilarni darslik va o'quv anjomlari bilan ta'minlanganlik, holati va bu masalalrni yanada yaxshilash; Maktab faoliyatida umumiy o'rta ta'limni hozirgi davr talablari asosida amalga oshirishning ahvoli. Maktabning ichki nazorati xilma-xil shaklda ham olib borilsa, uning asosiy variant o'quv reja va dasturlarning bajarilishi, o'qitishning g'oyaviy siyosiy darajasining, ta'limning dars jarayonida tarbiya bilan ifodalanishi, o'qituvchilarning darsga puxta tayyorlanish, o'qituvchilarning darsda qanday usullardan foydalanishi, o'quvchilarning bilim darajalarini doimo nazorat qilish kiradi. Ichki nazorat tizimida imtixonlar davri maktab hayotida mas'uliyatli davr hisoblanadi. Imitxonlarni o'tkazish natijasida o'quvchilarning bilim malaka va ko'nikmalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.03 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.03 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga