Maktab ishini ilmiy asosda rejalashtirish - to'g'ri boshqarishning negizi

Maktab ishini ilmiy asosda rejalashtirish - to'g'ri boshqarishning negizi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab ishini ilmiy asosda rejalashtirish - to'g'ri boshqarishning negizi - rasmi

Material tavsifi

Maktab ishini ilmiy asosda rejalashtirish - to'g'ri boshqarishning negizi Reja: Maktab ishini ilmiy asosda rejalashtirishning ahamiyati. Maktab ishini rejalashtirish tamoyillari. Makktab ish rejasini turlari. Maktabning bir o'quv yiliga mo'ljallangan ish rejasining tuzilishi. Maktabdagi ta'lim tarbiya ishlarini yagona reja asosida olib borish boshqarish samarali uslubning ajralmas qismidir. Buyuk o'zbek mutafakkiri Abdulla Avloniy rejalashtirish masalasiga to'xtalib, «Xo'jalik maorifi ishining alifbosi rejalashtirishdan boshlanadi. Reja - mayoqdir, o'lchovdir va yo'l ko'rsatuvchidir» degan edi. Reja bilan ishlash oldindan ko'ra bilish bilan chambar-chas bog'liqdir. To'g'ri rahbarlik qilish uchun oldindan ko'ra bilish, ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarish va qiyinchiliklarni oldindan payqay bilish va nazarga olish zarur. Bizningcha maktabda tuzilgan ish rejasi mazkur maktab pedagoglar jamoasi har bir azosining faoliyatini tartibga soluvchi qonun, ko'rsatkichlar tizimida ifodalangan davlat topshirig'idir. To'g'ri tuzilgan ish rejasi xatoga yo'l qo'yishdan asrash bilan birga, ilgari yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni tugatishni ham ta'minlaydi. To'g'ri tuzilgan reja rahbarlar uchungina emas, ayni vaqtda maktab muallimlar jamoasining har bir azosi uchun ham yo'l ko'rsatuvchidir. Shuning uchun ham maktab ishini rejalashtirish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim o'rinni egallaydi. Maktab rahbarlari maktab ishini ilmiy asosda rejalashtirganlarida quyidagi tamoyillarga amal qilishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Maktab ishini rejalashtirishning ilmiylik tamoyili. Rejalashtirishning demokratik tamoyili. Rejalashtirishning insonparvarlik tamoyili. Rejalashtirishning pedagogik izchillik va sistemalilik tamoyili. Rejalashtirishning maktab istiqbolini hisobga olish tamoyili Rejalashtirishda pedagogik xodimlarning ilmiy, metodik, didaktik, umumiy pedagogik va psixologik saviyalarini oshirish tamoyili: Umumiy ta'lim maktablari uchun maktabshunoslikda shartli ravishda qabul qilingan ish rejalari mavjud. Ular quyidagi rejalardir: Maktabning malum davrga mo'ljallab (bir, ikki, besh yillik uchun) tuziladigan ish rejasi. Buni maktabning istiqbol rejasi ham deyiladi. Bu ish rejasi umummaktab xalq xo'jalik reja-ko'rsatkichlari asosida tuziladi. Bunda maktabning malum davrga rivoji (o'quv, moddiy va texnika bazasi, maktab qurilishi, sinflar soni, o'quvchilar va o'qituvchilar soni, maktabni bitiruvchilar soni, o'quv xonalari soni kabilar) turli raqamlar asosida ko'rsatiladi. Maktabning bir o'quv yiliga mo'ljallangan ish rejasi maktab ish rejasi turlari asosida tuziladi. (Mazkur ish reja haqida keyinroq to'xtalamiz). Maktabning joriy ish rejasi. Mazkur reja makabning bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzilan ish rejasi asosida ishlanadi. Bu reja turkumiga: maktab direktori va uning o'rinbosarlarining bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzadigan ish rejalari: maktabda fanlar bo'yicha tashkil etilgan metodik birlashma-larning ish rejalari: sinf rahbarining ish rejalari: fan to'garaklari va kuni uzaytirilgan guruh rahbarlarining ish rejalari: maktab kutubxonasining ish rejasi: maktab ustaxonasining ish rejasi: matab ota-onalar qo'mitasining ish rejasi: maktab vrachi va hamshirasining ish rejasi: har bir boshlang'ich va fan o'qituvchisining kalendar va kundalik darsni o'tkazish rejasi kabi rejalar kiradi. Maktab rejasini amalga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.54 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.54 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga