Maktab ishini rejalashtirish Reja: 1. Maktab ishini rejalashtirishning ahamiyati. 2. Maktab ish rejasining turlari. 3. Maktab ish rejasining asosiy qilinadilari. Tayanch iboralar: Reja, maktab, ish reja, o'qituvchi, o'quv yili, attestatsiya, tarbiyaviy ish, metodik ishlar, tashkiliy ishlar. Hozirgi davrning muhim talablaridan biri maorif tuzilishini takomillashtirish, umumiy ta'lim, mehnat va kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish, ta'limning faol shakllari va usullarini, texnika vositalarini yana ham kengroq qo'llash, ta'lim-tarbiya birligi, oila, maktab va jamoatchilikning mustahkam aloqasini sobitqadamlik bilan amalga oshirish lozimligidir. Maktabni boshqarish jarayoni bilim o'choqlarini rejalashtirish komplektlash, mehnat tarbiyasi va ta'limi uchun sharoitlar yaratishlarni o'z ichiga oladi. Unda o'quv-tarbiya ishlari tizimini rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish ham alohida o'rin tutadi. Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishning keng ko'lamdagi ijtimoiy dasturi bo'lib hisoblangan asosiy qilinadi g'oyalari amalga oshirilayotgan hozirgi vaqtda maktab ishlarini barcha buginlarda rejalashtirish g'oyat muhim ahamiyatga ega. Maktabdagi ta'lim-tarbiya ishlarini yagona reja asosida olib borish - boshqarish samarali uslubining ajralmas qismidir. Bizningcha, har bir boshqarish vositasi faoliyatida muayyan tizimning bo'lishi shart. Buning manosi shundan iboratki, bu ish tasodifiy, biriga aloqasi bo'lmagan tadbirlar yig'indisidan iborat bo'lmay, balki aniq sharoitni, vaziyatning xususiyatini hamda butun maktab jamoasi oldida, shuningdek, uning ayrim buginlari oldida to'rgan vazifalarning xususiyatlarini qatiy hisobga olish negizida ishlab chiqilgan, qatiy suratda tartibga solingan, bir-biri bilan bog'langan va chuqur o'ylab ko'rilgan tadbirlar yig'indisidan iborat. Reja bilan ishlash oldindan ko'ra bilish bilan chambarchas bog'liqdir. Har qanday vazifani muvaffaqiyatli bajarish, tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan, xalq maorifi va maktab ishiga oid bo'lgan tadbirlarni amalga oshirish to'g'ri rejalashtirish mahoratiga bevosita bog'liq bo'ladi. Xalq ta'limi bo'limining ishini, jumladan maktab ishini rejalashtirish avvalo uning vazifalarini, faoliyat mazmuni va usullarini aniqlashdan iboratdir. Maktabda tuzilgan ish rejasi mazkur maktab pedagoglari jamoasi har bir azosining tizimida ifodalangan davlat topshirig'idir. To'g'ri tuzilgan ish rejasi xatoga yo'l qo'yishdan asraydi hamda ilgari yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni tugatishni ham ta'minlaydi. Yanada soddalashtirilgan holda bayon qilinadigan bo'lsa, rejalashtirish - har bir pedogogning kelgusida qanday vazifalarni bajarishi zarurligini yaqqol ifoda etish bilan birga pedagogdan mazkur vazifalarni bajarishga tayyorgarlik talab etadi. To'g'ri tuzilgan reja rahbarlar uchungina emas, ayni vaqtda maktab muallimlari jamoasining har bir azosi uchun ham yo'l ko'rsatuvchidir. Shu sababli maktab ishini rejalashtirish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim o'rin egallaydi. Agar maktab ishi har tomonlama to'kis, mukammal, atroflicha tuzib chiqilgan bo'lsa mazkur reja asosida ish tashkil etish bir muncha oson kechadi, maktab jamoasining har bir vakilini mehnatga bo'lgan munosabatini ijobiy yuksaltiradi, o'qituvchilarning kasbiy mahoratini ifoda etishlariga kengroq imkoniyatlar yaratib beradi. Maktablarning ish rejalarida o'quvchilar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.4 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.4 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: doc