Maktab oila va mahalla hamkorligini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini yaratish

Maktab oila va mahalla hamkorligini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini yaratish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab oila va mahalla hamkorligini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini yaratish - rasmi

Material tavsifi

Maktab-oila-mahalla hamkorligini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini yaratish Tarbiyasi va o'qishida muammo bo'lgan o'quvchilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan shug'ullanib, muammolarni yechishga qaratilgan aniq choralar ko'radi. Agar maktabning ichiga butun xalq, butun jamoat bilan kirmasak, natija bo'lmaydi. Shavkat Mirziyoyev (2024-yil 5-fevral) Muammoning dolzarbligi Oilada otalar iqtisodiy muammolarni hal etish vazifasini bajaruvchiga aylangan; Farzand tarbiyasi bilan shug'ullanadigan aksariyat onalarda boshlang'ich bilimlar yetarli emas; 3. Aksariyat oilalar bola ta'limi va tarbiyasiga faqat maktab mas'ul deb hisoblaydi; 4. Ota-onalar maktabga farzandlari bilan muammo yuzaga kelgandagina tashrif buyuradilar. Oilaviy muammolar: Maktabdagi muammolar: Ota-onalar bilan majlislarning rasmiy tusda tashkil etilishi; Ota-onalar bilan muloqotda o'quvchining yetarlicha rag'batlantirilmasligi; 3. Ochiq eshiklar kuni ning kam tashkil etilishi yoki umuman tashkillanmasligi; 4. Hamkorlikning ko'r-ko'rona va hisobot uchun tashkil etilganligi. Mahalladagi muammolar: Maktab murojaat qilmagunicha o'zi tashabbus bilan maktabga chiqmasligi; Oilalarga faqatgina moddiy tomondan ko'mak berishga odatlanib qolinganligi; 3. Oila-mahalla-maktab jamoatchilik kengashi faoliyati samarali yo'lga qo'yilmaganligi; 4. Farzand tarbiyasida faqat oila va maktab mas'ul deb qarab kelinganligi. Amaliy topshiriq jarayonida quyidagi adabiyotlarni tahlil qildim Mavzuga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar : Mavzuni o'rganishdan maqsad: o'quvchilarning sifatli ta'lim olishlarini yanada takomillashtirish uchun kelgusi ish faoliyatimda oila-mahalla-maktab hamkorligi yuzasidan o'rgangan nazariy bilimlarim, tadqiq qilgan materiallarimdagi yangiliklar hamda bu borada xorijiy davlatlar ta'lim tizimida amalga oshirilgan va samara bergan tajribalarni millatimiz an'analariga, urf-odatlariga, qadriyatlariga mos jihatlarini amaliyotga tatbiq etish Faoliyat olib borayotgan ta'lim maskanimda har bir o'quvchining yetuk shaxs, komil inson, Vatan ravnaqiga hissa qo'shadigan, xalq manfaatlari yo'lida sidqidildan xizmat qiladigan fidoiy kadr bo'lib yetishishida nafaqat maktab, balki oilasi hamda u yashab turgan mahallaning birday harakat qilishiga erishish. O'quv amaliyoti davrida amaliyot o'tgan maktablarimda oila-mahalla-maktab hamkorligi doirasida amalga oshirilgan ishlardan o'zim uсhun maqbul deb topganlarimni kelgusi faoliyatimda qo'llash. Shular asosida ta'lim sifatini oshirishga xizmat qilish, o'quvchilar tarbiyasida oila va mahalla kabi muhim shaxs va jamoa sifatida ishtirok etish. Muammoga yechim topishda, eng avvalo, hamkorlik jarayoni ishtirokchilarining har birlari uchun vazifalar taqsimoti ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Chunki vazifalar umumiy belgilangan taqdirda nazoratni aynan kimdan so'rab olish muammosi vujudga kelishi bilan bir qatorda mas'uliyat hissining kamayib borishi xavfi vujudga kelishi mumkin. Vazifalar: avvalambor, oilada sog'lom muhitni rivojlantirish, bir-birlariga g'amxo'r bo'lish, farzandlarga dunyoviy bilimlar berish, ma'naviyatli inson bo'lib yetishishiga intilish bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatish va Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish; bolalarning bo'sh vaqtlarida qo'shimcha ta'lim berish hech bo'lmaganda 1 oyda 1 yoki 2 marta maktabga tashrif buyurib, dars jarayoniga halal bermagan holda farzandining dars mashg'ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maktab rahbariyati va sinf rahbari bilan doimiy muloqotda bo'lish (onlayn va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.4 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.4 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga