Maktab ona tili darsliklari uchun matnlar to'plamini tuzish tamoyillari

Maktab ona tili darsliklari uchun matnlar to'plamini tuzish tamoyillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab ona tili darsliklari uchun matnlar to'plamini tuzish tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI O'ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI O'ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI SHOMURODOVA NAZOKATning 5120100 - Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Maktab ona tili darsliklari uchun matnlar to'plamini tuzish tamoyillari mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI TAQDIMOTI Qarshi - 2015 Milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo'lgan ona tilimizga ana shunday yuksak e'tibor tufayli 1989-yilning 21-oktabr kuni qizg'in bahs va tortishuvlardan so'ng siyosiy-ma'naviy hayotimizdagi unu tilmas hodisa amalga oshirilgani - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining yana bir yorqin sahifasini tashkil etadi (Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: O'zbekiston, 2011) MUNDARIJA KIRISH I-BOB. Ona tili ta'limida matnning o'rni 1-§. Ona tili ta'limi mazmunining yangilanishi va unda matnning o'rni 2-§. Ona tili ta'limimning zaruriy vositalari va ular orasida matnlar to'plamining o'rni 3-§. Matn turlari 4-§. Matn yaratishda tilning leksik boyliklaridan o'rinli foydalanish II-BOB. Maktablar uchun Manlar to'plamini yaratish tamoyillari 1-§. Yangi avlod darsliklarida matnlarning o'rni 2-§. Matn yaratish - ijodiy-amaliy ishlarning oliy shakli 3-§. Matnlar bankini yaratish mezonlari 4-§. Ijodiy matnga qo'yiladigan talablar Ilovalar Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda yosh avlodni yuksak saviyada tayyorlashni ta'minlash uchun o'quv adabiyotlarining milliy zamonaviy avlodlariini yaratish va nashr etish davlat ahamiyatiga ega bo'lgan masalaga aylandi. Ona tili ta'limi oldiga davlat tomonidan qo'yilgan ijtimoiy buyurtmani bajarish uzluksiz ta'lim bo'g'inlari, ayniqsa, maktab ona tili darslari uchun darslikka yordamchi vosita sifatida namuna matnlar banklarini yaratish talabini qo'ymoqda. BMI mavzusining maktab ona tili darsliklari uchun yordamchi vosita Matnlar to'plamini yaratish tamoyillariga bag'ishlanganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Matn mavzusi keng tushuncha bo'lib uning bir necha turlari ajratiladi. Tilshunosligimizda matn lingvistikasi deb nomlangan alohida soha mavjud bo'lib, matnning til xususiyatlarini o'rganadi. Bu borada A.G'ulomov, N.Mahmudov, H.Ne'matov, E.Begmatov, E.Qilichev, xususan, M.Yo'ldoshevlarning izlanishlari diqqatga sazovor. Malakaviy ishda matnning lingvistik xususiyatlari emas, asosan, uning ona tili ta'limida tutgan o'rni haqida so'z yuritiladi. Bu sohada dotsent E.Jabborovning matn lingvistikasi, ta'limda matnning o'rniga bag'ishlangan ishlari diqqatga sazovordir. Olim o'z ishlarida matnning tasviriy, rivoyaviy, muhokama, badiiy, publitsistik, ilmiy, ramziy kabi turlarini ajratadi BMIning maqsad va vazifalari Malakaviy ishda maktab ona tili darsliklari uchun yordamchi vosita Matnlar to'plamini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish maqsad qilib olingan. Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni bajarishni talab qiladi: Ona tili ta'limi mazmunining yangilanishi va unda matnning o'rnini oydinlishtirish; Ona tili ta'limimning zaruriy vositalari va ular orasida matnlar to'plamining o'rnini aniqlash; Matn turlarini o'rganish; Matn yaratishda tilning leksik boyliklaridan o'rinli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga