Maktab o'quvchilari shaxsini har tomonlama kamol topshirish Bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta'sir etadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta'siri deganda, ota-onalarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan meros shaklida bazi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko'zning, terisining rangi, bo'yi basti va boshqalar) ega bo'lgan holda dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug'ma o'tadi. Bu fiziologik xususiyat hisoblanadi. Akademik I.P.Pavlov ta'limotiga ko'ra bola bir qator tug'ma xususiyat va instinktlarga ega holda tug'iladi va bular shartsiz reflekslarga guruhini tashkil etadi. Bular orasida oshqozon refleksi (so'lak ajratish), muhofaza refleksi (issiqdan qo'lni tortish, yorug'likdan ko'zini qisish) kabilar alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo bu xususiyatlar insonga ham, hayvonga ham taalluqlidir. Ayni vaqtda insonlarga xos bo'lgan xususiyatlar ham irsiyat yo'li bilan o'tadi. Masalan, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati - bular tug'ma imkoniyatlar bo'lib, ularning rivojlanishi uchun inson bolasi odamlar orasida yashab, ular bilan aloqa qilishi darkor. Bu ruhiy imkoniyatlarning chindan ham rivojlanmog'i, ro'yobga chiqmog'i uchun bola faqat o'sibgina qolmay, balki shu o'sish jarayonida insonlar orasida yashamog'i, ulg'aymog'i va ijtimoiy hayotda ishtirok etmog'i kerak. Chunki inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadi va kamolga etadi. Bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog'i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog'i kerak. Ana o'shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo'ladi. Fiziologiya va psixologiya fanining ko'rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatning ro'yobga chiqishi va rivojlanishiga ta'sir etadigan potentsial imkoniyatlar, yani shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug'iladi. Tug'ma layoqat o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u mudroq holatda bo'lib, uning uyg'onishi, rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Agar bola o'z layoqatiga mos sharoitda o'sib, zarur faoliyat bilan shug'ullansa, layoqat erta ko'rinib, rivojlanishi, aks holda yo'q bo'lib ketishi mumkin. Shuning uchun pedagogik layoqatning namoyon bo'lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to'la-to'kis hayot sharoitiga va tarbiyaga bog'liq. Inson kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhitdir. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) kiradi. Tabiiy (geografik) muhit (iqlim, tabiiy sharoit) so'zsiz insonning hayot tarziga, xarakteriga va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi. Masalan: tropik mintaqada hayot kechirayotgan insonlarning hayot tarzi uzoq shimoldagi insonlar hayot tarzidan farqlanadi, bu ularning hayot tarziga va ularning rivojlanishiga ta'sir etadigan qator omillar bilan isbotlanadi. Shu bilan birga, inson kamolotida mikromuhit - oila sharoiti ham katta ta'sir kuchiga ega. Chunki ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.81 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.81 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: doc