Maktab o'quvchilarini darsdan tashqari paytlarda futbol bilan shug'ullantirish

Maktab o'quvchilarini darsdan tashqari paytlarda futbol bilan shug'ullantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab o'quvchilarini darsdan tashqari paytlarda futbol bilan shug'ullantirish - rasmi

Material tavsifi

MUNDARIJA KIRISh1 I. Bob. Futbol o'yini tavsifi va shug'ullanuvchilar organizmining o'ziga xos xususiyatlari4 I. 1. Futbol o'yinining tavsifi va tashkiliy tuzilishi……4 I.2.Futbol bilan shug'ullanuvchilar organizmini xususiyatlari……8 II. Bob. Darsdan keyingi futbol to'garaklarida o'quv - mashg'ulotlarini rejalashtirish15 II. 1.Futbol mashg'ulotlarini rejalashtirish15 II. 2. Trenirovka jarayonida jismoniy tayyorgarlik ishlari29 XULOSA55 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR59 KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Futbol yoshlar orasida keng tarqalgan bo'lib, bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Futbol ommoviy sport turi bo'lgani uchun maktab dasturiga alohida bo'limsifatida kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17-yanvardagi 27-sonli «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari tug'risida», 1998 yil 27-maydagi 271-sonli «O'zbekistonda jis-moniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari tug'ri-sida»gi qaror, 26.01.1996 yildagi O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi xayyatining «O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimidagi o'quvchilar va bolalar o'rtasida bundan buyon futbolni rivojlantirish tug'risida»gi qarori qabul qilindi. O'zbekiston futbol federatsiyasi (O'FF) jamoatchilik tashkiloti sifatida mamlakatda futbolni rivojlanishi uchun to'liq javobgar hisob-lanib, unga mamlakatda bolalar va o'smirlar futbolini ommaviylashtirish, futbolchi, murabbiy va hakamlarning professional darajasi va mahoratini oshirish, musobaqalar tizimini tashkil etish va takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlanishiga ko'maklashish kabi vazifalar yuklatildi. Bolalar va o'smirlarni futbolga o'rgatishda ular organizmining anatomik va fizologik xususiyatlari hisobga olish muhum ahamiyat kasb etadi. Bolalar tafakkuri va xotirasida 8-10 yoshda muhim o'zgarishlar ro'y beradi. ta'lim va tarbiya jarayonida mantiqiy fikr yuritish va abstrakt tafakkur qilish qobiliyati rivojlanadi. Mashg'ulotlarni rejalashtirganda bolalik yoshida suyak qotish jarayoni hali tugallanmagan bo'lishini hisobga olish kerak. 9-11 yoshlarga kelib, odatda, qo'l barmoqlarining suyagi, bir oz keyinroq, 10-13 yoshlarda bilak va jag' suyaklari, 14-16 yoshlarda bilak va jag' suyaklari qotadi. 14-16 yoshlarda epifizar kemirchaklarda, umurtqa pog'onalari orasidagi disklarda suyak qotish zonalari paydo bo'ladi. Tos suyaklari faqat 20-21 yoshlardagina batamom qotadi. O'mrov suyagi, kurak suyagi, elka va bilak suyaklari 20-25 yoshlarga, oyoq panjalari, oyoq kafti va oyoq tovonining orasidagi suyaklar tegishlicha 15-21 va 17-21 yoshlarga kelib to'liq qotadi. Ko'p yillik tayyorgarlikning tuzilishi va davomiyligi quyidagi omillarga bog'liq: -individual va jinsiy xususiyatlari, ularning biologik o'zgarishi va ko'pincha mahorat suratining ular bilan bog'liq holda o'sishi; -shug'ullanishni boshlagan hamda maxsus mashg'ulotlarga kirishgan yoshi; -yuqori sport natijalarini ta'minlaydigan musoboqa faoliyati va tayyorgarligi tizimi; - musobaqa jarayonining mazmuni, qo'shimcha omillarning qo'llanishi. Tadqiqot obyekti - qarshi shaxridagi Bolalar va o'smirlar sport maktabi futbol bo'limi va shug'ullanuvchilari. Ilmiy ishning yangiligi- Futbolchilar tayyorgarlik turlarini optemal rejalashtirish orqali maktablarni futbol to'garagida shug'ullanuvchilarni jismoniy sifat va fazilatlarini, texnik-taktik tayyorgarligini oshirish. Tadqiqotning vazifasi - Sportchining ko'p yillik tayyorgarligi, o'rta va kichik sikllarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga