Mаktаb pеdаgоgikаsini o'qitish metodikasi Reja: Umumiy o'rtа tа'lim mаktаblаrining tuzilishini o'rgаtish. Mаktаb rаhbаrlаrining fаzilаti vа mаktаb dirеktоrining vаzifаlаri bilаn tаnishtirish. Mаktаbni pеdаgоgik xоdimlаr bilаn tа'minlаshdа dirеktоrning аsоsiy vаzifаlаrini tushuntirish mеtоdikаsi. Xalq maorifini boshqarish davlatimiz siyosatining bevosita ifodasidir. Umumiy o'rta va kasb-hunar ta'limining rivojlanishi ularning maqsad hamda vazifalarini tobora yaqinlashtirib, birlashtirmoqda. Boshqaruv organlari barkamol avlodni o'qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o'z vaqtida va ijodiy hal etishlari, barcha o'quv yurtlarining ish saviyasi hozirgi zamon talablariga muvofiq oshirilishini ta'minlashlari kerak. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdan bosh maqsad va pirovard natija har jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash, XXI asrning erkin fikrli, o'z vatani va xalqini manfaatlariga sadoqatli yorqin shaxslarni voyaga yetkazishda namoyon bo'ladi. Bu maqsadga erishish umumiy demokratik yangilanishlar jarayoni, jamiyatni erkinlashtirish, mamlakatda yangi ijtimoiy-siyosiy muhitni shakllantirish bilan bog'liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, hayotga tadbiq qilish, hech bir mubolag'asiz, strategik maqsadlarimiz farovon qudratli demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo'lmog'i lozim. Bu barcha davlat va jamoat tashkilotlari, tabiiyki, eng avvalo, uzluksiz ta'lim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini tubdan qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etadigan murakkab jarayondir. Ijtimoiy amaliyot, jamoatchilik tarbiyasi, ta'lim va tarbiyaning aniq maqsadga qaratilganligi - erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil etadi. Erkinlashtirish, jamiyatni ma'naviy yangilash, birinchi navbatda, yosh avlod an'analari insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni singdirish orqali ta'minlanadi. Jamiyatni ma'naviy yangilash jarayonida, shunga asoslangan holda Vatan madaniyati va milliy san'atini rivojlantirish, ularning yutug'ini xorijiy mamlakatlarida targ'ib va tashviq etish, yoyish, milliy va xalqaro tanlovlar, ko'riklar o'tkazish kabi chora-tadbirlarni faollik bilan amalga oshirish ayniqsa, yoshlar badiiy ijodiyotini yanada rivojlantirish alohida ahamiyatga egadir. O'zbek xalqi va uning davlatchilik tarixi, O'zbekiston xalqlarining badiiy, falsafiy va pedagogik tafakkuri shakllanishi va rivojlanishi tarixi, etnografiya, etnogenez, adabiyotshunoslik, ijtimoiy-gumanitar fanlarning barcha yo'nalishlarini yangi saviyaga ko'tarish talab qilinadi. Mazkur muammolar doirasida ilmiy izlanishlar olib borishning kontseptual asoslari O'zbekiston Prezidentining Tarixiy xotirasiz - kelajak yo'q risolasida chuqur taxlil etilib, boshlab berilgan. Ma'naviy yangilanish jarayoni milliy bayramlar, urf-odatlar, o'yinlar shaklida mavjud bo'lgan taraqqiyparvar milliy qadriyat va an'analarni qayta tiklash, ularni rivojlantirish va zamonaviy hayotga joriy etish bilan ham uzviy bog'liqdir. Ta'lim -tarbiya tizimiga rahbarlik qilish printsiplari. Ta'lim oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta'lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilish faoliyatining saviyasiga bog'liq. Kelajagi buyuk jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chiqib, maorifning o'rni va roliga yangi avlodni tarbiyalash nuqtai nazaridan qarab, Oliy Majlis materiallarida, Prezidentimiz ma'ruzalarida, maxsus qarorlarida rahbarlikning yuqori ilmiy darajada amalga oshirish zarurligiga alohida e'tibor berib kelmoqda. Ta'lim tizimiga ilmiy rahbarlik asoslarini ishlab chiqish pedagogika ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.51 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.51 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: doc