Maktab rahbarining o'qituvchilar bilan muomala odobi

Maktab rahbarining o'qituvchilar bilan muomala odobi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab rahbarining o'qituvchilar bilan muomala odobi - rasmi

Material tavsifi

Maktab rahbarining o'qituvchilar bilan muomala odobi Maktabda ta'lim-tarbiya ishlarining samaradorligi ko'p jihatdan maktab rahbarlarining o'qituvchilar va o'quvchilar bilan muomala odobiga, rahbarlik qilish uslubiga bog'liq. Bu sohada muomala odobining murakkabligi shundan iboratki, unda rahbarlik va buysunish, erkinlik va ijodkorlik tamoyillarini uygunlashtira bilish talab etiladi. Pedagogik jarayonni boshqarish tarbiya nazariyasi va amaliyotida eng murakkab muammolardan hisoblanadi. U eng avvalo pedagoglar jamoasi uchun rahbar kadrlarni to'g'ri tanlash va joy-joyiga kuyishga bog'liq. Maktab rahbarining eng muhim vazifasi yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash sohasida pedagoglarning axloqiy mas'uliyatini oshirish, o'zaro muomalani o'qituvchi odobi qonuniyatlari asosida amalga oshirishdan iborat. Buning uchun esa maktabning butun jamoasi - barcha o'qituvchilar va o'quvchilar bir kishi atrofida, yani maktab direktori atrofida axil, inok, ishchan, ijodkor pedagogik jamoaga jipslashishlari zarur. Malumki, maktab jamoasi qobiliyati va axloqiy, ruhiy darajasiga ko'ra turli toifadagi, xarakteri va xulki turlicha kishilardan iborat bo'ladi. ta'lim - tarbiya ishida samaraga erishish uchun ularning xammasini yagona pedagoglar jamoasiga aylantirish lozim. o'qituvchilar bilan muomala qilish, ularni boshqarishning murakkab jihatlaridan biri shundaki, ular o'quvchilar jamoasini boshqaradi va maktab rahbariga buysunadi. Pedagoglar jamoasini to'g'ri boshqarish uchun o'zaro talabchanlik bilan buysunish me'yorlarini topa bilish va unga amal qilish, shu bilan birga xar bir muallimning erkinligi, tashabbuskorligi, ijodkorligini kullab - quvvatlash kerak. Bu, maktab rahbari pedagoglar jamoasi bilan muomalasida amal etishi zarur bo'lgan axloqiy talablardan biridir. Pedagogik muomala odobining mohiyati pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatidan, yani o'quvchi va o'qituvchilarni yagona bir jamoaga birlashtirish maqsadidan kelib chikadi. Bu, o'z navbatida, maktab rahbarlari va o'qituvchilarning o'zaro muomala-munosabatlariga talabchanlikni oshiradi. Maktab jamoasiga rahbarlik, ular bilan muomala qilishda pedagogik ishning psixologik jihatlarini nazardan kochirmaslik kerak. Pedagogik jarayon o'qituvchilar va o'quvchilar jamoasidagi mavjud tartiblarga, muomala odobi qoidalariga amal qilishni talab etadi. ta'lim - tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun pedagogik xodimlarning butun kuch va gayratini safarbar etish talab kilinadi. Maktab rahbarlari pedagoglar jamoasi, o'quvchilar bilan muomalasida muammoning ana shu axloqiy - pedagogik jihatlarini etiborga olishi zarur. Ishchan pedagoglar jamoasining shakllanishi ko'p jihatdan maktab direktorining faoliyatiga bog'liq. Maktabda axil, yagona jamoa tuzish uchun pedagoglarning o'zaro axloqiy munosabatlarini, maktabda mavjud bo'lgan an'analarni, o'qituvchilarning axloqiy darajasini o'rganish, bilish zarur. Yagona, axil, ishchan pedagoglar jamoasining shakllanishi asta - sekinlik bilan amalga oshiriladi. Buni quyidagi mezonlar asosida aniqlash mumkin. Maktab rahbarining o'qituvchilar bilan muomala odobida pedagoglar jamoasidagi xayrixoxlik va ijodkorlik vaziyati muhim rol uynaydi. ta'lim - tarbiya ishlarini yuqori saviyaga ko'tarish avvalo, maktab rahbarining muomala odobiga, axil, inok pedagoglar jamoasini asta - sekin shakllantira borishga,- jamoadagi o'zaro munosabatlarni o'qituvchi odobi normalari, talablari asosida yo'naltirishga bog'liq. Jamoa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.63 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.63 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga