Maktab ta'limida bolalar faoliyatini tashkil etishnig ahamiyati

Maktab ta'limida bolalar faoliyatini tashkil etishnig ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktab ta'limida bolalar faoliyatini tashkil etishnig ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Maktabgacha ta'lim tashkilotining maktab bilan aloqa shakllari. 2.Tayyorlov guruh bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari Maktab ta'limida bolalar faoliyatini tashkil etishnig ahamiyati Maktabgacha ta'lim tashkilotining maktab bilan aloqa shakllari. Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati - bu o'yin. Asosiy psixologik jarayonlarning rivojlanishi - xotira, diqqat, e'tibor, fikrlash, tasavvur ham maktabgacha yoshdagi davrda faol rivojlanadi va o'sib boradi. Bolalar bog'chasidan maktab ta'limiga o'tish davrida bolaning tanasida va psixologiyasida o'zgarishlar sodir bo'ladi. Moslashish ya'ni adaptatsiya davrini boshlab beradi. Bu jarayonda bola bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. O'yindan o'tish jarayoni bolaning o'quv jarayonini o'zi idrok etishida qiyinchiliklarga duch keladi. Ushbu holatlarda ota-ona va maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlik juda muhim hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasida umumiy ta'lim muhitini yaratish darkor. Ta'lim tashkilotlarining bunday yagona ta'lim muhitini tashkil etishdagi asosiy maqsadi ta'lim va tarbiya masalalariga yagona yondoshishni asosli rivojlantirishdir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabning hamkorligini tartibga soluvchi normativ hujjat loyhasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etib, shu normativ asosida bog'cha va maktab o'zaro hamkorlik ish rejasi bo'yicha faoliyatini tashkil qilishi lozim. Bu faoliyat rejalashtirilgan va bevosita pedagog xodimlar bilan olib borilganligi sababli, tahliliy va amaliy tadbirlar, seminar va konferensiyalar qo'shma pedagogik o'qishlar va tematik pedagogik zallar orqali amalga oshiriladi. Tayyorlov guruh bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk qilib maktabga tayyorlash maqsadini ko'zlaydi. Ta'lim-tarbiya qancha erta boshlansa, uning samarasi shuncha erta namoyon bo'ladi, shuningdek, insonning butun hayot tarziga ijobiy ta'sir qiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalar qamrovini kengaytirish, muassasalarni obodonlashtirish, ularning kirish qismidan tortib, yo'laklari, hattoki ekilgan gul, daraxtlari, guruh xonasidagi har bir jihoz bolani rivojlantirish uchun yo'naltirilganiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugungi tezkor davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlash, fikrini erkin ifodalashga o'rgatuvchi muhit yaratish, albatta, muassasaning samarali boshqaruviga bevosita aloqador. Shunday ekan, quyidagi zamonaviy usullarni rahbarlik faoliyatiga omuxtalash lozim Har bir ishni amalga oshirish uchun samarali boshqaruvning quyidagi usullaridan foydalaniladi: Istiqbol rejasi tuzilib, mas'ullar tayinlanadi. Reja asosida har bir xodim ishtiyoq bilan ishlashga da'vat etiladi. Rahbarning istiqboli: - ijodiy hamfikrlar jamoasini tashkil etish; - jamoada qulay ruhiy-psixologik sharoit yaratish; - unikal (nodir) muassasa tashkil etish; - kasbiy mahoratni takomillashtirish yo'lida intellektual va amaliy bazani yaratish (kutubxona, seminar, treninglar). Tarbiyachilarga ta'lim olishlari uchun yordam berish zarur. Jamoadagi ishonchli munosabatlar - qulay psixologik muhit va xodimlarining o'zaro ahilliklarini ham ta'minlaydi. Jonli muloqot quyidagilarni ko'zda tutadi: - tez va konstruktiv yordam; - xodimlarning kasbiy faoliyatini optimallashtirish bo'yicha takliflar; - jamoani doimiy takomillashtirish va yangi ta'lim dasturlarini tuzish; - xodimlar bilan kundalik muloqot, korporativ ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 74.93 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 74.93 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga