Maktab tarix xonasi (kabineti) va uning tarbiyaviy ta'limdagi o'rni Reja: 1. Maktab tarix xonasining o'qitishda, o'quvchilarni tarbiyalashda va ularning bilimini rivojlantirishdagi ahamiyati. 2. Tarix xonasini uskunalar bilan ta'minlash. 3. Tarix xonasi-o'qituvchining metodik ish faoliyati sifatida. Tarix xonasi sharoitida ishlarni tashkil qilish. Maktablardagi tarix xonasi o'quvchilar bilan mashg'ulotlar bazasi bo'lib qolmasdan, o'qituvchining metodik ishlarining ham bazasi hisoblanadi. O'quv-ko'rgazma qo'llanmalari fondi, o'qitishning texnik usullari, kutubxona fondi joylashgan tarix xonasi o'qituvchi xizmatini yana ham yuksaltiradi. Metodik ijodietga sharoit yaratib berib tarix xonasi o'qituvchining tayergarligiga yuqori talab quyadi. O'qituvchi xonadagi diafilm, kinofilm, fonozapis va hokozalarning mazmuni bilan yaxshi tanish bo'lishi kerak. Har tomonlama jihozlangan kabinetlardagi bor materiallarni darsda kompleks foydalanish masalasi turadi. Bunday kabinetlar ta'lim usul va natijalariga, o'quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ta'sir etadi. Kabinet o'quvchilarda qiziqish uyg'otadigan, faolligini o'stiradigan o'rin bo'lishi kerak. Kabinet tarixiga to'xtalsak, 1917 yilga qadar maktablar kabinetlarga ega emas edi. 30- yillardagi maktab tarixiy ta'limidagi qayta qurishga muvofiq kabinetlar yo'qotilib, o'quv- ko'rgazma qo'llanmalar maktabning metodik kabinatlariga berildi. Maktablarda kabinet tizimining qayta tiklanishi Vatan urushidan keyingi davrga tug'ri keladi.1945 yil avgustda jihozlangan kabinetlari bilan maktablar tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. (Narkompros va RSFSR ped. fanl. Akademiyasi tomonidan). 60 yillarning II yarmidan boshlab bosma uo'rgazma qo'llanmalarning o'sishi bilan tarix xonalari to'ldirilib borildi. Shu vaqttan boshlab o'qituvchilarning tajribalari asosida eng yaxshi tarix xonalari tashkil qilindi. Hozirgi tarixiy ta'limni yuksaltirish masalasi turgan bir paytda tarix xonalarining o'ziga xos o'rni bor. Faqat eng zarur, eng zamonaviy diqqatiga sazovor qilish o'qituvchi mahoratiga bog'liq. Kabinet bazasi uchta asosiy elementlardan shakllanadi: ə) maxsus va qurilmalar bilan jihozlash; g') zarur apparatura va; q) o'quv qo'llanmalari fondi. Tarix kabinetlarini jihozlash, ta'lim, tarbiya ishlarida katta effekt bo'lishini ta'minlashga qaratilishi kerak., Jahon talablariga javob beradigan tarix kabinetlarida o'qituvchi va o'quvchilarning faoliyatini yuksaltiradigan jihozlar talab qilinadi. Pult bilan boshqariladigan texnik o'qitish usullari katta ahamiyata ega. Agar u o'qituvchi stolida o'rnatilsa vaqt tejaladi. Kabinetning old devorida stendlar, montaj, kartinalar qo'yish kerak emas. Faqat portretlar bo'lishi mumkin. Intererning jihozlanishi o'quvchilarni o'quv jaraenidan shalg'itmasligi kerak. O'rtadagi sinf doskasi qo'zg'olmali bo'lishi mumkin. Oq rangga buyalgan doskaning bir qismini ekran sifatida eki har xil applikatsiyalar uchun foydalanish mumkin. Alohida kinoekran doska tepasiga o'rnatiladi. Karta, tablitsalar bilan ishlash uchun doskada ilgichlar o'rnatiladi. Orqadagi devorda (kombinirovanniy) shkaflar qo'iylishi mumkin. Bunda karta, atlas, kitoblar qo'yiladi va (diopozitivlar, diafilm, lentalar saqlanadi. Derazalarga qarama-qarshi devorda ekspozitsion qurilmalar o'rnatilgan bo'ladi. Shuningdek kabinetda inventarizatsiya kitobi bo'lishi kerak. Kabinet kartotekasi rubrikalar bo'yicha olib boriladi. Masalan: Karta rubrikasi yanada rubotkalarga bo'linishi mumkin: O'rta asrlar tarixi bo'yicha ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.23 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.23 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: doc