Maktabda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish Mavzuga oid bo'lgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar 2006-yil 20-iyuldagi Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risidagi qarori. 2011-yil 13-apreldagi Axborot-kutubxona to'g'risidagi qonuni. 2017-yil 12- yanvardagi Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risidagi farmoni. 2017-yil 13-sentabrdagi Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha Kompleks choratadbirlar dasturi to'g'risidagi qarori 2020-yil 14-dekabr 781-sonli 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishva qo'llab-quvvatlash milliy daturini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori. Mavzuning dolzarbligi (muammoning hal etish sabablari) Kitob mutolaasiga havasi bolalikdan paydo bo'lmagan o'quvchi keyinchalik berilgan katta hajmli asarlarni o'qishga kuch topolmaydi, ishtiyoq sezmaydi, xohish bildirmaydi, faqat darslikda berilgan qisqartirilgan parcha bilangina tanishadi va yozuvchining butun asar mazmuniga singdirib yuborgan pafosini, g'oyaviy-badiiy maqsadini to'la anglolmaydi, badiiy asarlarning haqiqiy zavqidan bebahra qoladi, adabiyotning haqiqiy kuchini, qudratini his qilmaydi, natijada kitob o'qishga mehr qo'ymaydi. Kam kitob o'qishning salbiy oqibatlari juda ko'p: kishida mustaqil fikrlash qobiliyati, voqelikni teran idrok etish, hodisalarga munosabat bildira olish, oq-qorani farqlay bilish ko'nikmalari to'liq shakllanmaydi; milliy madaniyat, tarix va an'analar bilan keng tanish bo'lmaydi; ma'naviy qashshoqlik va ojizlik kelib chiqadi; hayotda muammolarga duch kelganda yechim topishga qiynaladi, o'zini irodasiz sanaydi; savodxonligi past bo'ladi, so'z boyligi kamligi sababli fikrini to'la ifodalab berolmaydi; madaniy nutq uchun qo'yiladigan (aniqlik, to'grilik, mantiqiy muvofiqlik, jo'yalilik, soflik kabi) talablarga mos, kompozitsion jihatdan mukammal matn yaratishda, jumlalar tuzishda qiyinchiliklarga duch keladi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Kitobxonlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish milliy dasturida Kitobxonlik - bu asosiy ijtimoiy ahamiyatga ega ma'lumotlarni o'zlashtirishning eng muhim usuli-kasbiy va kundalik bilimlar, o'tmishdagi madaniy qadriyatlar va hozirgi, tarixiy doimiy va dolzarb voqealar haqida ma'lumot beradi. o'qish o'zlashtirishning yagona intellektual texnologiyasidir Maktablar o'rtasida kitobxonlik sifatini oshirishning asosiy vazifalari ta'limdir o'qish madaniyati, o'qishga (birinchi navbatda klassika) qiziqishini tarbiyalash, rivojlantirish kitobxonlik va axborot madaniyati. Bu asosiy yechimni beradi yoshlarning hayotiy muammolari: o'rganish, o'zlashtirish kasbiy faoliyat, o'z-o'zini tarbiyalash, shaxsning g'oyaviy, axloqiy asoslarini shakllantirish; o'qimagan yoki yomon o'qiydigan talabalar orasida o'qishni targ'ib qilish. Mashhur amerikalik olim M. Adler o'zining Kitoblarni qanday o'qish kerak asarida. o'qishni aloqa vositasi sifatida belgilaydi: kitob o'rtasida o'rnatishga yordam beradi muallif va o'quvchi o'rtasidagi dialog, Sokrat aytganidek, haqiqatni qidirishda rahbarlik qiladi. Mortimer Adler o'qishni o'yin-kulgi emas, balki og'ir aqliy mehnat deb hisoblaydi, doimiy o'rganish, his-tuyg'ularni va fikrlashni o'rgatish, biz ichimizda yo'q tushunamiz. Bu jarayon orqali inson ongi yangi cho'qqilarni bosib o'tadi faqat o'z harakatlari natijasida o'qishni tushunadigan odamga sabr, odat ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: pptx