Maktabda tarixiy O'lkashunoslik to'garagini tashkil qilishning ta'lim va tarbiyaviy ahamiyati Reja: Tarixiy o'lkashunoslik to'garagining maqsad va vazifalari. Maktab tarixiy o'lkashunoslik to'garagi haqida ma'lumot. Tarixiy o'lkashunoslik to'garagini tashkil etish usullari. O'quv jarayonida o'lkashunoslik ashyolari va ma'lumotlaridan foydalanish. Dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'lkashunoslik ma'lumotlarini o'rganish. Tarixiy o'lkashunoslik to'garagining yosh avlodni insonparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati. To'garak sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning ixcham shakli bo'lib, ko'pmncha maktabda amalga oshiriladigan ishlarning markaziga aylanib qoladi.O'quvchilarni vatanparvarlik, xalqimizning ilg'or an'analari ruhida tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni hal etishda maktabda tarixiy o'lkashunoslik to'garagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Zero, vatanparvarlik o'z o'lkasini o'rganish va tanishdan boshlanadi. Inson o'zi to'g'ilib o'sgan joy tarixini bilmay, shahar, tuman, viloyat, voha va vodiylar tarixini o'rganmay turib o'z mamlakati tarixini chuqur bilishi amri maholdir. Binobarin, o'quvchilarning tarix kursidan olgan bilimi va ko'nikmalari o'lkashunoslik ishlari natijasida mustahkamlanadi. O'lkashunoslik to'garagining bo'lg'usi rahbari nimalarni bilishi kerak? Eng avvolo, u o'lkashunoslik nima, u nimalarni o'rganadi va nimadan bahs etadi, o'lkashnoslik manbalari, obyektlari, turlari, ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini yaxshi bilishi kerak. Ma'lumki, «o'lka» tushunchasi tor va keng ma'noda ishlatiladi. «O'lka» tushunchasi tor ma'noda inson tug'ilib o'sgan joyi, ya'ni kindik qoni to'kilgan - Ona tuproq, keng ma'noda esa tuman, viloyat, voha va vodiydir. O'lkashunoslik uch turga bo'linadi: Davlat yoki ilmiy o'lkashunoslik, jamoat o'lkashunosligi va maktab o'lkashunosligi Davlat ilmiy o'lkashunosligi ishlarini amalga oshirish vazifasi Respublikamizda tashkil etilgan maxsus muzeylar, viloyatlarda tashkil etilgan o'lkashunoslik muzeylari, o'sha joylardagi arxiv hujjatlari hamda ularni o'rganib, tartibga soladigan ilmiy xodimlar, shuningdek, Fanlar Akademiyasining Tarix, Arxeologiya institutlari ilmiy xodimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi bevosita o'lkani o'rganishga aloqador bo'lgan tadqiqotlari orqali amalga oshirildi. Jamoat o'lkashunosligi esa bevosita ovul, qishloq, tuman, viloyat, voha va vodiylarda yashab ijod qilgan, mehnatda, ijodiyotda, o'zi tuqilib o'sgan joy ahlini mo'tabar kishilarining hayoti va faoliyati bilan shug'ullanadi. Jamoat o'lkashunosligining bevosita ishtirokchilari ko'pchilik havaskor arxeologlar singari qadimiy yodgorliklarni ham o'rganadi, hamda ularni saqlash va asrash ishlariga boshchilik qiladi. Maktab o'lkashunosligi esa maktablarida tarix o'qituvchilarinig bevosita rahbarligida tashkil qilinadi. Shu bilan birga adabiyot, jug'rofiya va biologiya o'qituvchilari ham jalb qilinishi mumkin. Maktab o'lkashunosligi faqat shu ilm dargohi uchun xizmat qilmaydi, balki u kengayib umumjamoatchilik manfaatlarini ham o'zida mujassamlashtiradi. Tarixiy o'lkashunoslik maktab o'lkashunosligining bir bo'lagidir. U ikkiga bo'linib, ya'ni o'quv jarayonida(o'quv dasturi asosida) va o'quv dasturidan tashqari (maktabning tarbiyaviy ishlar rejasiga asoslangan holda) amalga oshiriladi. O'quv jarayonida (sinfda) olib boriladigan o'lkashunoslik ishlari ham ikki maqsadni ko'zlaydi: Biri-o'z o'lkasi o'tmishini arxeologik, etnografik, toponomik va arxiv hujjatlari asosida o'rganish va to'plangan materiallarni sistemaga solish; ikkinchisi-to'plangan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.73 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.73 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: doc