Maktabda Ustoz-shogird tizimini yo'lga qo'yish 1. Muammoning dolzarbligi: Nizom asosida to'liq ish yuritmaslik; Muammoga ko'r ko'rona yondashish; Yangi, yosh kadrlar faoliyatiga befarqlik bilan qarash; Yangi kadrlarda pedagokik mahoratning yetishmasligi; Rahbarning boshqarishdagi bilim va ko'nikmalari yetarli emasligi. XV asr ma'rifatparvarlari darg'alaridan biri bo'lgan Husayn Voiz Koshifiy: Ustoz va muallimlar hurmatini o'rniga qo'ygan bu dunyoda ham, oxiratda ham saodat topar,-deb yozgan edi. Uning fikricha, to'rt narsa saodat dalilidir: to'g'ri so'z, tavoze, halol kasbu hunardagi mehnat, sir saqlash. Ya'ni, biror kasbga o'rganish yoki hunarni o'rgatish mashaqqatli mehnat ekanligi olim qarashlarida markaziy o'rinda turgan. Mashhur faylasuf va mutafakkir, qomusiy ilmlar bilimdoni Abu Nasr alFarobiy (873-930) ustoz-murabbiyga shunday talab qo'yadi: Ustoz o'z shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko'ngilchanlik ham qilmasligi lozim . Chunki, ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg'otadi, bordiyu ustoz juda yumshoq bo'lsa, shogird uni mensimay qo'yadi va u beradigan bilimdan sovib ham qolishi mumkin. Maqsad. Ustoz-shogird an'anasi xalqimiz orasida, xususan, barcha sohalarda qadimdan saqlanib kelayotgan qadriyat hisoblanadi. Mazkur mavzuda qadimiy qadriyatlardan biri sanalgan ustoz-shogird an'anasida, ayniqsa pedagogika, tarbiyaning ahamiyatli jihati to'g'risida fikr yuritiladi. Mavzuni yoritishdan maqsad: barcha sohalarda zarur bo'lgan ustoz-shogird an'anasini pedagogika sohasida tizimli yo'lga qo'yish va bunda ta'lim sifatiga samarali, sezilarli ijobiy natija ko'rsatish. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi bilan chambarchas bog'liq. O'tmish madaniy-pedagogik meros va an'analar yoshlar tarbiyasi uchun muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim muassasalarida milliy tarbiyani samarali tashkil etishda Ustoz-shogird an'analari muhim ahamiyatga ega. Ustoz-shogird an'analari-yoshlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash, ularning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini oshirish, izlanish, ijod qilish, bir so'z bilan aytganda, har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishda o'ziga xos tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Yana bir xarakterli jihati shundaki, undan foydalanish natijasida shogirdda o'z imkoniyatlariga ishonch, vaziyatni to'g'ri baholash hamda irodaviy sifatlar shakllanadi, qolaversa, shogirdning o'z kasbiga mehr-muhabbati va qiziqishi yanada oshadi. Murabbiylik maktabi boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish; Amaliy tajribaning kamchiliklarini bartaraf etish; Yosh o'qituvchining shaxsiy fazilatlarini shakllantirish; Amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishning uslubiy bazasini takomillashtirish Maktablarda endi ish boshlagan o'qituvchilarga ish jarayonini to'g'ri tashkil etishi uchun maslahatlar berish . VAZIFALAR Muammo yuzasidan xorijiy tajribalarni o'rganilganligi; Ko'plab mamlakatlarda tajribali mutaxassisislarning yosh xodimlarga ustoz sifatida tayinlanishiga alohida e'tibor beriladi. Bu holda yosh xodimlar o'z kasbiy mahoratini xizmat faoliyatidan uzilmagan holda, hamkasblari bilan bevosita aloqa jarayonida egallash va mustahkamlash imkoniga ega bo'ladi. Tajribali va yetakchi mutaxassislarning ustozligi yosh xodimlarning kasbiy iqtidorini rivojlanishiga, xizmat vaziflariga mas'uliyat bilan yondashish va ularni mustaqil hal qilish ko'nikmalarini oshishiga xizmat qiladi. 6.Qiyosiy tahlil etilganligi; 7.Xulosa. «Ustoz-shogird» murabbiylik maktabi boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish, amaliy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
588.42 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
588.42 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: pptx