Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati, tashkil etish metodikasi Reja: 1. Kirish 2. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati 3 .tashkil etish metodikasi Hozirgi davrida maktab va uydagi o'quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo'ymoqda. Maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirish, g'oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirish, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilish, mehnatiga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o'ynaydi. Chunki, u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O'ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg'iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o'qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o'quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O'quvchilarni darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi. 2. O'quvchilarning bilimga bo'lgan qiziqiish va qobilyatini o'stirish har bir o'quvchining indivudial-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo'naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o'quvchining sog'ligini mustahkamlashga ham etibor beradi. 3. Sinf rahbarining diqqat markazida o'quvchilarning yuqori darsda o'zlashtirishini ta'minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o'quvchining kundalik o'zlashtirishida voqif bo'lib turadi. Orqada qolayotganlarga o'z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi. 4. Sinfdagi o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish ishlarini yo'naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini tamin etadi, maktab miqiyosida uyushtirilayochtan muhim tadbirlarda o'z sinfining faol qatnashishini ta'minlaydi. 5. Sinf o'quvchilarining ota-onalari, o'quv kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqaga o'rnatadi. 6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o'qituvchilari o'rtasida o'quvchilarga nisbatan yagona talablar o'rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o'rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. 7. Sinf rahbari o'z sinfidagi turli hujjatlarini; sinf jurnali, o'quvchilarning kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma'lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi. Ko'rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog'liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo'yiladigan talablar o'qituvchiga qo'yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma'naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo'lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o'ynaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g'oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog'liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam, egallab borishi bilan o'zining bilimini, ongini oshiradi. Sinf rahbarining axloqiy obro'si g'oyat darajada yuqori bo'lishi ham bu o'rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishga ega bo'ladi. Tarbiyachining shaxsiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.01 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.01 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:18 ]
Arxiv ichida: doc