Maktabga tayyor bolaga qo'yiladigan davlat talablari Reja: 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma'naviy-madaniy yetukligiga qo'yiladigan davlat talablari. Vatan tuyg'usi, vatanparvarlik xislari, milliy g'urur, mustaqillik g'oyasi hamda o'z hududi, o'lkasi, xalqiga mexr va sadokatni bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta'limda ma'naviy-madaniy ishlarning asosini tashkil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning odob axloqli bo'lishi va mehnatga muhabbat qo'yishga katta etibor beriladi. Bolalar ilk yoshdan boshlab uyda, kuchada, bog'chada, mexmonda o'zini tutish qoidalari, muomala madaniyati, ovqatlanish, ko'yinish, echinish, saranjom-sarishta yurish, odobli, mehnatsevar bo'lish, boshqalar mehnatini kadrlash kabi odatlarga urgatiladi. Ana shu odatlar bolani odob-axloqli, mehnatga layokatli qilib tarbiyalash mazmunining asosini tashkil etadi. Bolalarning ma'naviy jihatdan barkamol bo'lishida nafosat tarbiyasi asosiy urin tutadi. Tasviriy san'at asarlaridan zavklana olish, musiqani tinglash va undan shodlana olish qobiliyatlari bolalarda ilk yoshdan rivojlantirib boriladi. Nafosat tarbiyasi mazmunining asosini chiroyli rasmlarni his etish, ulardan zavklana olish, asosiy ranglarni bilish va farqlay olish, rangli kalamlardan foydalana olish, ular erdamida sodda narsalarni qog'ozda tasvirlay olish, plastilin yoki loydan sodda shakldagi narsalarni yasay olish, musiqani tinglab zavklana olish, ayrim milliy cholg'u asboblarini bilish, musiqa oxangiga mos ravishda raksga tushish va qo'shik ayta olish kabilarga o'rgatishni tashkil etadi. Maktab yoshiga etgan bolalarning ma'naviy-madaniy jihatdan yetukligiga qo'yiladigan minimal talablar: Ona Vatan - O'zbekiston haqida qisqacha so'zlab berish; 8-dekabr - O'zbekiston Konstitutsiyasi kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanishini bilish; O'zbekiston bayrogi, gerbi haqida fikr bildira olish; O'zbekiston madxiyasini yoddan ayta olish; Vatan tuyg'usi, vatanparvarlik xislari va milliy g'uro'rni yoshiga mos ravishda shakllanganligi; xalqiga, Vataniga mexr va sadokat xislarini shakllanganligi; Buyuk siymolar haqida ilk tasavvurlarga ega bo'lish; Milliy bayramlar haqida qisqacha so'zlab berish; O'zidan kattalarga sizlab murojaat qilish; Yaxshilik va yomonlikni farqlash; mehnat qilayotgan kattalarga kumaklashish; Tasviriy san'at asarlaridan zavklana olish; «Labbay», «Xo'p bo'ladi», «Xush kelibsiz», «Raxmat», «Salomat bo'ling», «Osh bo'lsin», «Mumkinmi», «Kechirasiz», «Shirin tushlar ko'ring», «Yaxshi borib keling», «Marxamat» kabi so'z va iboralarni o'z o'rnida qo'llay olish; Shirin so'zli bo'lish va mexribonlik qila bilish; ovqatlanish qoidalarini bilish va unga rioya qilishqilish; musiqa tinglash va undan zavklana olish; Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan ravijlantirishdan, ularning tugma layokati, kizikishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umum insoniy qadriyatlar asosida muntazam ta'lim olishga tayyorlashdan iborat. Bolada kattalar bilan muloqot jarayonida axloqiy xulk atvorning dastlabki tajribalari shakllanadi. muloqotga bo'lgan ehtiyoj - muhim ijtimoiy ehtiyoj bo'lib, katta yoshli kishi bu ijtimoiy ehtiyojni kondiruvchi manba hisoblanadi. axloqiy his-tuyg'ular va odatlarni tarbiyalash shunday zaruriy asos hisoblanadiki, usiz bola shaxsining murakkabrok xususiyatlarini, ma'naviy kamolotni ta'minlash, mamlakatning ijtimoiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.12 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.12 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:19 ]
Arxiv ichida: doc