Maktabgacha ta'lim muassasalarida kompyuterli rivojlantiruvchi o'yinlardan foydalanish metodikasi

Maktabgacha ta'lim muassasalarida kompyuterli rivojlantiruvchi o'yinlardan foydalanish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasalarida kompyuterli rivojlantiruvchi o'yinlardan foydalanish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'lim muassasalarida kompyuterli rivojlantiruvchi o'yinlardan foydalanish metodikasi Kirish I bob. Kompyuterli o'yinlarning texnik va dasturiy ta'minoti §1. Shaxsiy kompyuter va uning tuzilishi §2. Kompyuterli o'yinlarning dasturiy ta'minoti II bob. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning o'yin faoliyatlari §1. An'anaviy o'yinlar §2. Kompyuterli rivojlantiruvchi o'yinlar §3. Multimediali kompyuterli rivojlantiruvchi o'yinlar yaratish II bob. Maktabgacha ta'lim muassasalarida kompyuterli rivojlantiruvchi o'yinlar o'tkazish metodikasi §1. Kompyuterli o'yinlarning pedagogik-psixologik jihatlari §2. Kompyuterli o'yinlar o'tkazish metodikasi §3. An'anaviy o'yinlarni kompyuterda bajarish imkoniyatlari Kirish Mustaqil Respublikamiz uchun yosh avlodni har tamonlama yetuk va komil inson qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb va hayotiy muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy farovonligi fuqarolarning aqliy, axloqiy va jismoniy salohiyati hamda ularning ma'naviy darajada yuksak rivojlanishiga bog'liq. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning faoliyatini 80 % ini o'yinlar tashkil etadi. O'yin orqali bola shaxs sifatida shakllanadi, kelajakdagi o'quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. Tarbiyalanuvchilarni o'yinli dasturlar bilan ta'minlash hukumatimizning me'yoriy hujjatlarida o'z aksini topgan, jumladan, Barkamol avlod yili Davlat dasturida har bir maktabgacha ta'lim muassasasini o'yinli va bilish bilan bog'liq multimedia dasturi bilan ta'minlash ko'zda tutilgan. Ta'lim to'g'risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlashning asosiy omili bo'lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog'lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo'nalishidir. Bolani to'laqonli rivojlanishi uchun uni yoshlikdan shakllantirish lozim. Bu esa oilada va maktabgacha ta'lim muassasalarida turli interfaol o'yin mashg'ulotlarini olib borish asosida amalga oshirish mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasalarida 5-6 xil o'yin turi mavjud bo'lib, shularning ichidan didaktik o'yinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik o'yinlar MTMlarida ta'lim va tarbiya vositasi sifatida keng qo'llaniladi. Didaktik o'yin ta'lim bilan bevosita bog'liq bo'lib, unga yordam beradi. Konstruktorlik o'yinlari - tarbiyalanuvchilardan turli predmetlardan xar-xil buyumlarni qurish, yasash qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda ijodkorlikka intilish va qobiliyat uyg'otadi. Ba'zi bir o'yinlar ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishni amalga oshiradi. Bular qatorida kompyuterli o'yinlar ham tarbiyalanuvchilarning faoliyati va fikrlashlarini rivojlantirib, kompyuter savodxonliklarini shakllantiradi. Bitiruv-malakaviy ishida yuqoridagi masalalar to'g'risida so'z yuritiladi. Mavzuning dolzarbligi: XXI asr kompyuter asri bo'lgani uchun, maktabgacha ta'lim muassasalarining katta va maktabgacha tayyorlov guruhi mashg'ulotlar jarayonida bolaning diqqati, ijodiy tafakkuri va tasavvurlarini o'stirishga xizmat qiladigan ta'limiy va rivojlantiruvchi kompyuter o'yinlaridan foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Ayni bir vaqtda rivojlantiruvchi o'yinlarni amalga oshirish jarayonida bolalarning kompyuter savodhonligi ham shakllanadi. Bitiruv malakaviy ishining obyekti: maktabgacha ta'lim muassasalari-ning katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida kompyuterli rivojlanti-ruvchi o'yinlar o'tkazish jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: maktabgacha ta'lim muassasalari-da kompyuterli rivojlantiruvchi o'yinlardan foydalanishning mazmuni, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga