Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlarda Montessori usullaridan foydalanish

Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlarda Montessori usullaridan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlarda Montessori usullaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlarda Montessori usullaridan foydalanish 1.Mariya Montessori metodikasining ta'rifi, mohiyati va tarkibiy qismlari Aqliy hujum, Kichik ma'ruza 2 Mariya Montessori ta'lim tizimining asosiy va qo'shimcha faoliyat burchaklari. Klaster metodi . 3 Mariya Montessori metodikasida ko'rgazmalilikning o'rni. Rezyume texnologiyasi. 4 Mariya Montessori metodikasiga oid o'yin o'yinchoqlar tayyorlash Kichik guruhlarda ishlash Kirish Dolzarbligi: Maktabgacha ta'lim muassasasi bolalar uchun quvonch, shodlik taraqatuvchi maskan bo'lishi lozim. Kichkintoylar bu yerga hatto dam olish kunlari ham kelishga intilishi lozim. M.Montessori pedagogikasi asosida yaratilgan muhit bunga misol bo'la oladi. Yaxshi yaratilgan bunday psixologik muhitda bola o'zini o'z uyidek tutadi., mustaqillik va barcha muammolardan holi bo'ladi. Muassasada jazoga yo'l qo'yish mumkin emas. .Bu yerda asosiy narsa- bu bolalarning o'z yutuqlaridir. MTMda bolalar yaratilgan qulaylik natijasida bolalar sog'lom faoliyat yuritadilar. Imkon qadar har bir guruhda M.Montessori pedagogikasi asosida bolalar uchun ijodiy rivojlantiruvchi muhit yaratilishi lozim. Bunday muhitda kundalik ish faoliyati davomida bolalar o'zlarini erkin tutishlari, bir-biriga nisbatan hurmat, muhabbat, o'zaro yordam berish kabi insonparvarlik tuyg'ularini shakllantiruvchi fikrlar vositasida hayotiy faollikka erishadilar va o'z qiziqishlari asosida taraqqiy etib boradilar. Ish faoliyati davomida turli tajribadan o'tkazilgan mualliflik uslublarini va texnologiyalarni qo'llash mumkin. Bolalarni taraqqiy etishiga yordam beradigan, ularni o'ylashga, ijod qilishga yordam beradigan barcha noyob narsalardan foydalaniladi. Rahbarlarning asosiy vazifasi-bolalar uchun qulay sharoit yaratib berishdir. Guruhlarda turli yoshdagi bolalar bolalar tarbiyalanishadi. Bu bolalarning imkoniyatlari turlicha, mijozlari turlicha, ularning orasida «alohida bolalar» ham bo'lishi mumkin. Kattalar va bolalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar oiladagi munosabatlarga o'xshashi: kattalar kichiklarga yordam berishi, tajriba almashishi, kichiklar kattalardan o'rganishi lozim. Nima bilan shug'ullanishni esa muhitning o'zi yordam beradi. Bu muhit bolalarda u yoki bu mustaqil faoliyat bilan shug'ullanishni, turli-tuman ta'limiy o'yinlar va M.Montessori jihozlarini tanlash imkoniyatini yaratadi. Bola o'zini o'rab turgan atrof- olamni tahlil qiladi va uning atrofida ularni o'rganish uchun: munchoqlar, bankachalar, jadvallar, xumchalar va patnislar kabi turli tuman narsalardan foydalanadi. Har bir bola erkin holda ko'ngli xohlagan narsalarni tanlashi, ular bilan xohlaganicha ishlashi mumkin. M.Montessori uslubiga ko'ra ijodiy rivojlantiruvchi muhit: maxsus jihozlangan xona, shakllangan bolalar guruhi, rivojlantiruvchi jihozlar, malakali tarbiyachidan iborat. Har bir burchak-mini- muhitni jihozlashda uning har bir mayda- chuydasi ham o'ylab chiqilishi va u bolaning har taraflama taraqqiy etishiga ta'sir ko'rsatishi lozim. Bolalar uchun o'yinlar ixtiro qilish ishiga italyan pedagogi Mariya Montessori katta xissa qo'shgan. XX asr boshida uning metodikasi bo'yicha ishlagan Italiya va Fransiyadagi maktablarda xam u tomonidan ishlab chiqilgan o'nlab o'yinlardan foydalanilgan. Montessori 5-10 yoshli bolalardan iborat 30-50 kishilik katta guruhlarda ishlagan. Pedagogning roli bolalarning mashg'ulligiga etibor berishdan iborat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.75 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.75 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga