Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish Ishtirokchilar mavzuda: Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilarining ish hujjatlari Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlar jadvali Kundalik faoliyatning yuritilishi Davlat talablari asosida bolalar rivojlanishini tahlil qilish mavzulari bilan tanishadilar Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang - barangdir. ta'lim-tarbiyaviy ishlarni muvafaqqiyatli amalga oshirilishi maktabgacha ta'lim muassasalardagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liq. Tarbiyachi qanday ish hujjatlarni yuritadi? Tarbiyachining ish hujjatlari 1.ta'lim - tarbiyaviy ish rejasi. 2. Davomat daftari. 3 Filtr daftari 4.Patronaj daftari 5. Ota- onalar haqida ma'lumot daftari 6. O'z ustida ishlash daftari 7. Metodik uyushmaga qatnashish daftari; 8. Bolalar bilan yakka ishlash daftari; 9.Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari asosida bolalarning rivojlanish ko'rsatkichlarini tahlil qilish (har olti oyda); 10. Tahlil daftari (o'zoro mashg'ulotlarni kuzatish); 11. Ota- onalar bilan o'tkaziladigan majlisi qarori daftari. Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlar jadvali Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlar ertalab 9.30 dan boshlanib, davomiyligi kichik guruhlarda 10-15 daqiqagacha, katta va tayyorlov guruhlarida 25-30 daqiqadan oshmasligi darkor. Mashg'ulotlar oralig'ida bolalar bilan tetiklashtiruvchi, charchog'ini oluvchi o'yinlar o'tkaziladi. Har bir yo'nalish bo'yicha oy oxirida bolalar bilan mujassam - nazorat mashg'ulotlari o'tkaziladi va bolalarning dastur vazifalarini qay darajada egallaganliklari tahlili qilinadi. 1-kichik guruh mashg'ulotlar jadvaliga kiritilgan ta'limiy o'yin-mashqlarilarida (sensor tarbiya) zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan biri - Mariya Montessori metodikasini keng qo'llash tavsiya etiladi. I-kichik guruhda 0,5 dan taqsimlangan atrof olam bilan tanishtirish mashg'uloti - tabiat bilan tanishtirish mashg'uloti bilan, badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg'uloti - loy mashg'uloti bilan, qurish-yasash mashg'uloti esa bir xafta yirik qurilish jihozlari, bir safar mayda qurilish jihozlari bilan almashtirilib o'tiladi(Jadval). II-kichik guruhdan boshlab jadvalda 0,5 dan taqsimlangan tabiat bilan tanishtirish mashg'uloti - badiiy adabiyot bilan, qurish-yasash mashg'uloti esa - applikatsiya mashg'uloti bilan almashtirilib o'tiladi. Katta-tayyorlov guruhlarda qurish-yasash mashg'uloti qo'l mehnati bilan almashlashtirilib o'tiladi. O'qish va savodga tayyorgarlik vazifalari o'z ichiga kichik guruhda asosan tovushlarni to'g'ri talaffuz etish mashqlarini oladi. O'rta, katta guruhlarda esa o'qish va savodga tayyorgarlik vazifalari nutq o'stirish mashg'uloti vazifalariga qo'shib olib boriladi. Tayyorlov guruhda esa alohida savodga tayyorgarlik mashg'uloti kiritiladi. 2. Tarbiyachining ta'lim-tarbiyaviy ish rejasining shakli Tarbiyachi oylik ta'lim-tarbiya ish rejasini tuzadi va metodistga tasdiqlash uchun beradi. Oylik ish reja daftari quyidagicha to'ldiriladi: ish rejaning titul varag'i; tasdiqlangan xaftalik mashg'ulotlar jadvali; bir oylik mashg'ulotlarning istiqbol rejasi; har 15 kunga mo'ljallangan 2 ta ertalabki badantarbiya mashqlari kompleksi; ota-onalar bilan ishlash rejasi; rejaning asosiy qismida - kundalik faoliyat bayoni yoritiladi. 1. Titul varag'i: . . . TXTB . . . -sonli MTM ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:19
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:19 ]
Arxiv ichida: ppt