Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanining mavzusi, uslubiyati va barkamol insonni tarbiyalashdagi о'rni Reja: 1. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanining mavzusi va baxsi. 2. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanining maqadi va vazifasi 3. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari. 4.Maktabgacha ta'lim pedagogikasi faniing yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi о'rni Maktabgacha ta'lim pedagogikasi uning maqsadi va vazifasi metodologik asosi, tushunchalari va ilmiy tadqiqot metodlari. Inson tarbiyasi insonning о'zp kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bulib, ajdodlarimiz ma'rifat va madaniyatni yosh avlodga о'rgatish, ularni komillikka yetaklash yullari, qonun - qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonniig ma'rifatliligi va ma'naviy komilligiga erishishi ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi. Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir shaxsni hamma yosh davrlarida uygun rivojlantirish qonuniyatlari tо'grisidagi fandir. Shu bois, podagogika fani insonni har tomonllma tarbiyalash haqidagi fan bulib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yо'lida xizmat qiladi. Maktabgacha perdagogika esa bola tugilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarii о'rganadi va bog'cha sharoitida talim - tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi. Inson tarbiyasiga oid qonunlar dastlab xalk ogzaki ijodida: ertak, qissa pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan. Ta'lim - tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G'arbniig qomusiy olim va pedagoglarining о'rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar о'zlarining qator asarlarida ta'lim - tarbiyaga katta e'tibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy о'zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali iisonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi. Abdulla Avloniy esa, tarbiya haqida g'oyat ibratli fikrlarii bildiradi. Pedagogika, - Abdulla Avloniyning yozishicha, - bola tarbiyasining fani, demakdir. «Dars ila tarbiya, ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi - biluvchi, tarbiya oluvchi - amal kiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lо'nda ta'rif berib, ta'lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga о'xshatib, ularni bir - biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta'kidlashicha. tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur, Bolaga avvalo kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shugullanadi, chunki bunda , inson taqdiri hal etiladi deydi. Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his - tuygulari shakllanadi. Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bо'lgan va ijtimoiy munoabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil buladi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi bolalarning, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.56 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.56 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:19 ]
Arxiv ichida: doc