1-Ma'ruza:Maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarida ingliz tili o'rgatish metodikasi fanining predmeti va vazifalari. 1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida chet tili o'qitish metodikasi fanining predmeti. 2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida chet tili o'qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarida ingliz tili o'rgatish metodikasi fanining predmeti va vazifalari Reja: 1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida chet tili o'qitish metodikasi fanining predmeti. 2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida chet tili o'qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari. Kalit so'zlar: Texnologiya, metod, o'qitish, bolalar, malakali, samarali ta'lim. Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko'nikmasi professional ta'limning ajralmas qismlaridan biri bo'lib bormoqda. Bu maktabgacha ta'lim jarayonini ham chetda qoldirgani yo'q. Yoshlar ta'limi davomida xorijiy tillarni o'rgatishning ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Hozirgi kunda maktabgacha ta'limga etibor berish, davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan rivojlantirish demakdir. Metod aslida yunoncha metodos so'zidan olingan bo'lib, bilish va tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot kabi ma'nolarni bildiradi. Metodika (yun. methodike) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarming, usullarining yig'indisi yoki o'qitish usullari haqidagi ta'limot- ta'lim berish metodlari, yo'llari va vositalari haqidagi fandir. Yoshlarimiz zamonaviy va har taraflama yetuk malaka ega kadr bo'lib yetishishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari yuksalish asrida bilim olishga anchagina ko'proq e'tibor qaratilgan. Shuningdek, biz yoshlar O'zbekiston kelajagini porloq qurishimiz uchun, avvalo, samarali va sifatli bilimga ega bo'lishimiz zarur. Shu o'rinda chet tilini o'rganish va o'rgatishni kuchaytirishimiz, xorijiy top universitetlar bilan exchange dasturlarini amalga oshirishimiz hamda bu orqali ko'plab metodlarni o'rganib tatbiq etishimiz zarur. Maktabgacha ta'limning maqsadi- bolani maktabga tayyorlash, o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, uning qobiliyatlarini namoyon qilshika ko'mak berishdir. Shularni inobatga olgan holda, Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va shu bilan birga Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu hujjatlarda maktabgacha ta'lim tizimi tarmog'ini yanada kengaytirish, bollarni o'qitishning zamonaviy hamda samarali metodikalaridan foydalanish va maktabgacha ta'lim muassalarini malakali kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash kabi masalalar aks etgan. O'quv fanining maqsad va vazifalari: Fanning o'qitishdan maqsad talabalarni maktabgacha ta'limda ingliz tili o'qitishni tashkil qilishga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirishdir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarga xos bo'lgan psixologik, pеdagogo-didaktik va lingvistik omillarni xisobga olgan xolda darslarni tashkil etish malakalarini shakllantirish fan oldiga qo'ygan maqsadlardan biridir. Maktabgacha ta'limda dars bеradigan ingliz tili o'qituvchisi kichik maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarga ingliz tili o'rganishga bo'lgan qiziqishi, istak xoxishi (motivatsiyasini) xosil qila bilishni va o'quvchilarning ingliz tilidagi og'zaki nutqini o'stirishda turli xil didaktik o'yinlardan hamda xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or tеxnologiyalari va o'qitish mеtodlaridan maqsadli foydalana olishga oid kasbiy malakalarga ega ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
53.68 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
53.68 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:19 ]
Arxiv ichida: pptx