Maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila hamkorligi

Maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila hamkorligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila hamkorligi - rasmi

Material tavsifi

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI VA OILA HAMKORLIGI Yosh avlod tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar ta'limoti. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olinmagan bolalar ota-onalari bilan ish yuritish shakllari. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo'lgan ota-onalar bilan ishlash. REJA Tayanch so'z va iboralar: yosh avlod, mutafakkirlar ta'limoti, maktabgacha ta'lim tashkiloti, ish yuritish shakllari, ijtimoiy muhofazaga muhtoj. Ta'lim to'g'risidagi O'zbekiston respublikasi qonunining 8 -moddasida: Yosh avlod tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar ta'limoti. O'zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab mamlakatda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida islohotlar hayotning barcha sohalari bilan uzviy bog'liq holda amalga oshirilmoqda.Yоshlarimizning barkamol bo'lib etishishida mahalla, oila jamoat tashkilotlari va ta'lim muassasalari alohida o'rin egallaydi. Darhaqiqat, barkamol avlod dastlab oilada vujudga keladi, oila muhitida yaxshi yoki yomon insonlar bo'lib voyaga etadi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov yoshlarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda oila, ota-ona hal qiluvchi o'rin turishga e'tibor berib shunday degan edi: Bola tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o'zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olinmagan bolalar ota-onalari bilan ish yuritish shakllari. Bugun e'lon qilingan chop etilgan yangi hisobotida UNICEF butun dunyo bo'yicha jami 175 mln. maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar maktabgacha ta'lim muassasalariga bormayotganliklarini ma'lum qiladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda 1 600 00 dan ortiq o'g'il va qiz bolalar -maktabgacha yoshdagi bolalarning 70%ga yaqini - maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan. Bu esa, har uch boladan ikkitasi ularning ta'limiga yo'naltirilishi mumkin bo'lgan o'ta muhim sarmoyalardan bebahra qolayotganliklari va hayotlarining dastlabki yillaridan boshlab tengsizlikdan jabr ko'rishlari mumkinligini anglatadi. - olib boriladigan ta'lim va tarbiyaviy jarayonlar ketma-ketlikda, oddiydan murakkablashib borishi zarur. - tizimli ravishda bolada kichik yosh davridan boshlab so'zlarni to'g'ri talaffuzini rivojlantirish. Tarbiyachi o'z nutqiga nisbatan talabchan bo'lishi. - bolalarda o'z nutqida to'g'ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan va yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalana olishga bo'lgan ishonchni hosil qilish. Umuman xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab ta'limiga tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi o'zlashtirishlari, shuningdek ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi bolalik inson tafakkuri va umuman inson shaxsini shakllantirish jarayonida alohida rol o'ynaydi, jamiyatimizning ongli avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi. Qashshoqlikning tutgan o'rni: Dunyoning 64 ta mamlakatida eng qashshoq oilalarga mansub bo'lgan bolalarning maktabgacha ta'lim dasturlari bilan qamrab olinish ehtimoli eng boy oilalarga mansub bo'lgan bolalarnikiga nisbatan yetti barobar kamdir. Bir qator mamlakatlarda boylar va kambag'allar o'rtasidagi tafovut yanada yaqqoldir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 47.73 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 47.73 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga