Maktabgacha ta'lim tashkilotining maktab bilan aloqa shakillari Reja: Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab hamkorligi Maktabgacha ta'lim muassasasida aqliy va axloqiy tarbiya Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab hamkorligi Mamlakatimizda mustaqillik yo'lidagi ilk qadamlardanoq jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosiy va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ta'lim sohasida jumladan uning birinchi pog'onasi hisoblanmish maktabgacha ta'lim sohasida ham katta o'zgarishlar qilinmoqda. Isloh etish jarayonida bolalarga ta'lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, shakl va uslublari, shuningdek pedagogika fani taraqqiyotining ustivor yo'nalishlari qamrab olinmoqda. Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko'nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o'rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo'yayotganida nechog'li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko'nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga o'rgatishgina emas, unda o'z kuchiga ishonchni orttirish, o'z g'oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko'nikmasini shakllantirish ham muhimdir. Bola maktabgacha ta'limni uyda ota-onaning mustaqil ravishda ta'lim-tarbiya berishi orqali yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta'limiga o'tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o'zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotida yoki oilada maktab ta'limiga tayyorlash, uni murakkab bo'lmagan bilim, ko'nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo'ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo'lishga yordam beradi. Shunga binoan, MTT bilan maktab o'rtasidagi bog'liqlik bir tomondan, bolalarni maktab ta'limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o'tkazishni, ikkinchi tomondan, o'qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o'quv-tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi. MTT bilan maktab o'rtasidagi uzviy bog'liqlik katta maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga moslashishi ancha yengillik bilan o'tadi. Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib ketadilar, bu esa o'z navbatida maktabda o'qishning birinchi kunidan boshlab ta'lim-tarbiya ishining samarasini oshiradi. Zero, maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga qo'yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda ta'lim olishga tayyorlashlari kerak. Maktab bilan MTT o'rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko'p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga alohida e'tibor berish kerak: 1. Maktab talabi nuqtai ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.58 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.58 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:19 ]
Arxiv ichida: doc