Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurish-yasash

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurish-yasash

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurish-yasash - rasmi

Material tavsifi

MAKTABGACHA TA'LIM tashkilOTLARIDA QURISH-YASASH Ma'ruzachi: S.Tadjibayev Qurish-yasash turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish degan ma'noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog'ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi. Qurish-yasash faoliyati-amaliy faoliyat bo'lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir Qurish-yasash faoliyatiga o'rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi, hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko'nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat'iylik va hokazo…) tarkib topa boshlaydi, bularni barchasi bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi. Qurish-yasash mashg'ulotlarini o'quv yilining birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvofiqdir, ikkinchi yarmida esa o'yinlar bilan chegaralansa ham bo'ladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o'rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog'ozdan, tabiat, tashlandik materiallaridan va boshqalardan foydalaniladi. Materialni turi qurish yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiali - mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo…) iborat. Kichik guruhlarda bolalarga qurilish materiali - kubik, g'ishtcha, turli xil shakldagi shakllar bilan, ularning qanday holatda joylashganligi (g'ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, bir-birini ustiga qo'yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o'rgatiladi. O'rta guruhda bolalarga tanish bo'lgan qismlarni (kubik, g'ishtcha, plastilin) nomlash bilan birga, uni bir-biridan farqlashga ham o'rgatiladi Katta guruhda predmetni tahlil qilish ularni xarakterli, belgilarini solishtirishga o'rgatib boriladi. Tayyorlov guruhda bolalarga predmetni umumiy va individual xususiyatlarini ajratishga o'rnatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 267.29 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 267.29 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga