Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o'stirishning mazmuni, dastur talablari

Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o'stirishning mazmuni, dastur talablari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o'stirishning mazmuni, dastur talablari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o'stirishning mazmuni, dastur talablari Reja: 1. Maktabgacha ta'limda nutq o'stirishning bosqichlari, bolalar yosh xususiyatlari. 2. nutq o'stirish mazmuni, shakllari. 3. Uchinchi mingyillikning bolasi tayanch dasturining nutq o'stirish bo'yicha talablari. Tayanch tushunchalar: nutq o'stirish maqsadi, yo'naltirilganlik, loyihalash, tashxislanuvchanlik, nutq o'stirish bosqichlari, bilim, ko'nikma, malakalar, nutqiy muloqot, nutqning tovush tomoni, so'z boyligi, bog'lanishli nutq, nutq o'stirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish, badiiy adabiyot, ovutmachok-o'yin, mashg'ulot, nutq va tafakkur, ma'naviy-madaniy yetuklik. nutq o'stirish metodikasi maktabgacha ta'limda bolalarning og'zaki nutqini o'stirish va tafakkurini rivojlantirish vazifasini bajaradi, bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi. Bolalar suzlashni o'rganishda ona tilidagi so'zlarning manosini tushunishi, nutqda kullay olishi, tilning grammatik qurilishini bilishi muhimdir. Chunki maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning nutqini o'stirish, ularda o'z fikrini bayon qilish, tushuntirish, narsa, vokealarni atash, o'zaro muloqotga kirishishga kizikishini shakllantirish uchun nutq o'stirish ishlarini to'g'ri tashkil etish zarur. Buning uchun maktabgacha ta'limda nutq o'stirishning mazmuni va vazifalarini aniq belgilash zarur bo'ladi. Yani nutq o'stirish metodikasi dastur asosida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari (200)ni ta'limga joriy etish va maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o'stirishning eng kulay metod va usullarini ishlab chikadi, yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali ta'limni takomillashtirishni ta'minlaydi, davlat talablarini bajaradi. 2. Maktabgacha ta'limda bolalar so'z boyligini oshirish metod va usullarini ishlab chikadi, lugatni boyitish omillari va shakllarini tavsiya etadi. 3. Bolalar bog'lanishli nutqini o'stirish, unda nutqning aloqa vositasi ekanligini, diologik va monologik nutq o'stirish metod va usullarini yoritish, bog'lanishli nutq o'stirish shakllarini tushuntirish, mashg'ulotlarni tashkil etish metod va usullarini ishlab beradi. 4. nutqning grammatik jihatdan to'g'ri shakllantirishning mazmuni, uni shakllantirish metod, usullarini tavsiya etadi, bolalar nutqidagi xatolarni bartaraf etish metodlarini ishlab chikadi va amaliyotga tadbiq etadi. 5. Maktabgacha ta'limda nutqning tovush tomonini shakllanti-rishga doir ishlarni tashkillaydi. 6. Maktabgacha ta'limda badiiy adabiyotni o'rgatishning mazmuni, metodlarini o'rgatish, bolalar badiiy nutqini o'stirishga doir mashg'ulotlarni tashkil etish, bolalar folklorini o'rgatishga doir ishlarni tashkil etishni urgatadi. 7. Bolalarni maktabga tayyorlashga doir ishlarni tashkil etish yo'llarini tavsiya etadi. 8. Maktabgacha ta'limda nutq o'stirish ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish, nutq o'stirishda oila, bog'cha, maktab hamkorligiga doir ishlarni tashkil etish metodlarini tavsiya etadi. 9. Tevarak-atrof bilan tanishtirishning dastur mazmuni bilan tanishtirish, mashg'ulotlarni tashkil etish metodikasini yoritish, bolalarda vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat xissini shakllantirish, milliy g'oya va milliy mafkura kirralarini singdirish yo'llarini urgatadi. 10. Mujassam mashg'ulotlar, noan'anaviy mashg'ulotlar, kurik-tanlovlar o'tkazishga doir ishlarni tashkil etish usullarini ifoda etadi. 11. Uchinchi mingyillikning bolasi tayanch dasturi bilan ishlash, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.96 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.96 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga