Maktabgacha ta'limni axborotlashtirish fanining predmeti, maqsadi va vazifasi

Maktabgacha ta'limni axborotlashtirish fanining predmeti, maqsadi va vazifasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha ta'limni axborotlashtirish fanining predmeti, maqsadi va vazifasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Maktabgacha ta'limni axborotlashtirish fanining predmeti, maqsadi va nazariy asoslari. 2. Texnologiya tushunchasining mohiyati va mazmuni Maktabgacha ta'limni axborotlashtirish fanining predmeti, maqsadi va nazariy asoslari. Fanning maqsadi - maktabgacha ta'lim jarayonini axborotlashtirishning nazariy va amaliy asoslarini haqida ma'lumot berish. Fanning vazifasi - zamonaviy axborot texnologiyalari, kommunikasiya va axborotda zamonaviy metodlardan foydalanish, maktabgacha yoshdagi bolalar foydalanadigan axborot turlari va mazmuni, maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuter savodxonligi va unga qo'yiladigan talablar, maktabgacha ta'lim mazmunini axborotlashtirishda bolalarning yoshi va bilim darajasini hisobga olish kabi masalalarga oid nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Axborot texnologiyalari - axborotni yig'ish, saqlash, uzatish, o'zgartirish, qayta ishlash usul va vosialari yig'indisidan iborat. O'qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda, faqat o'quv-tarbiya jarayonida qo'llanishi mumkin bo'lgan eng yangi axborot texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyasi tushunchasiga bir qator olimlar turlicha ta'rif berganlar: Axborot texnologiyasi - axborot hosil qiluvchi mehnat usullari, hisoblash texnikasi hamda boshqa texnikalar majmuasi, ularni nomashinaviy jarayonlar bilan birlashtirish va qo'shib olib borish majmuidir (Шофар Н.Д. Сущность и основные формы информационных технологий Экономика и организация информационных технологий.-Свердловск, 1988, 129-132-стр.). Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo'yicha xizmatlar bilan ta'minlashdan iborat (Анри Ф. Заочное обучение и коммуникация с помощью ЭВМ Перспективы. Вопросы образования.- 1989, №1, 92-97-стр.). Axborot texnologiyalari - ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun axborot yaratish, to'plash, uzatish, saqlash va qayta ishlash, hisoblash texnikasi hamda aloqa tizimlaridan foydalanishdir (Попел Г., Голдстайн Б. Информационная технология: миллионные прибыли.- М.,1990). Turli-tuman axborotlardan jamiyatda foydalanish ko'lamining kengayishi munosabati bilan Informatika fanidan Axborot texnologiyalari fani ajralib chiqdi. Ta'lim muassasasida axborot texnologiyasi deganda, o'qituvchi (pedagog) - kompyuter - talaba ( o'quvchi, bola) tizimini tushunish mumkin. Axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videoko'z, videokamera, LCD proektori, faks-modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Internet tarmoqlari, axborot tizimlari, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun'iy yo'ldosh aloqa tizimi, sun'iy aql tizimi va usullariga esa innovasion texnologiyalar, turli o'qitish metodlari (an'anaviy, noan'anaviy), Internet va Intranet (lokal va global) tarmoqlaridan foydalanish usullari, telekommunikasiya, masofali o'qitish, teleanjuman, videoanjuman, chat, forumlar o'tkazishni kiritish mumkin. Siz biror do'stingizga aloqa bo'limi (yozma) yoki telefon (og'zaki) yoxud telekommunikasiya vositalari orqali qandaydir xabar berishingizni axborot texnologiyalariga misol sifatida keltirish mumkin. Texnologiya tushunchasining mohiyati va mazmuni Har bir axborot foydalanuvchisi bilishi va aniq tasavvurga ega bo'lishi lozim bo'lgan bir qator so'zlar mohiyati ustida to'xtalish maqsadga muvofiqdir. Shulardan eng muhimi - texnologiyadir. TEXNOLOGIYA yunoncha so'z bo'lib, techne - mahorat, san'at va logos - so'z, ta'limot demakdir. Texnologiya so'zi zamirida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.21 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.21 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga