Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi

Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi Reja: 1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan о'rni. 2. Pedagog olimlarning tarbiyachi-murabbiy shaxsi tо'g'risidagi fikrlari. 3. Tarbiyachi va uning shaxsiga qо'yiladigan talablar. 4. Maktabgacha tarbiya sohasi xodimlarini tayyorlash tizimi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi о'z mas'uliyatini anglashiga, ta'lim-tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondoshishi, о'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi hamkasblarining о'sishiga kо'maklashishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo bilimli bо'lishi, о'zi yashab turgan о'lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bо'lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, tarbiyachining pedagogik hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondoshuvi bolalarni har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillikka erishilgandan sо'ng Respublikamiz rahbariyati о'qituvchilar va tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamokda. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun о'qituvchilik, tarbiyachilik, undagi ijodiy ishlar, mehnatlari, ilg'or tajribalarni о'rganish va bolalarni kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun о'qituvchi va tarbiyachilar, «Metodist о'qituvchi», «katta о'qituvchi», «Metodist tarbiyachi va boshqa shunga о'xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Respublikpmizda 1992 yildan 1 oktabrni О'qituvchi murabbiylar kuni deb e'lon qilindi va umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelmoqda. Xalq ta'limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylash ham ularga bо'lgan chuqur xurmat va extiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshiriladigan tub islohotlar bugungi kunda bolalar bog'chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy о'quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq - atvor meyorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini kasb hunar, malaka va kо'nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun о'sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, ilmiy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog'lom, ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qо'yilgan. Davlat ahamiyatiga molik bо'lgan bunday muhim vazifani amalga oshirishda talim maktablar bilan bir qatorda xalq ta'limi tizimining boshlangich bо'g'ini bо'lgan bolalar bog'chalari ham muhim rol о'ynaydi. Qar bir tyrbiyachi о'ziga qо'yilayotgan zamonaviy talablarni his eta bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qо'yayotgan talablarni muvaffaqiyatli amalga oshirishining garovidir. Bu talablar: - Bolaning sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash. - Aqliy qobiliyatlarini о'stirish. - Milliy qadriyatlar, ma'naviyatimizning g'oyaviy - aqliy tamoyillariga mos e'tiqod va qarashlarni tarkib toptirish. - Ona Vatanga muhabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirshi. - Yosh avlodda о'rtoqlik, dо'stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish. Demak, yuqorida krdtirilgan gifatlarni tarkib toptirish о'sib kelayotgan yosh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.35 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.35 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga