Maktabgacha tarbiya pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari

Maktabgacha tarbiya pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Maktabgacha tarbiya pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari Reja: 1. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi tarbiya va ta'lim berish tug'risidagi fandir. 2. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va uning mohiyati. 3. Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog'liqligi. 4. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari. 1. Yosh avlod tarbiyasi umumxalq ishidir. Respublikamizda bevosita tarbiya ishi bilan shug'ullanishga davat etilgan muassasalardan tashqari, turli kasb egalari ham bu muhim ishda qatnashadilar. Shunday ekan, inson tarbiyasi, uning qonuniyatlari haqidagi fan-pedagogikani o'rganish unga aloqador bo'lgan kishilarning muhim vazifasidir. Kishilik jamiyati paydo bo'lishi bilan odamlarda mehnat faoliyati jarayonida ishlab chiqarish tajribalari, mehnat qilish malakalari va mehnat qurollarini ishlata bilish ko'nikmalari hosil buldi, bu qurollarni takomillashtirish natijasida nutq va tafakkur usib, kamol topa bordi. Keksa avlod mehnat qilish jarayonida orttirgan tajribasi asosida yosh avlodni ham mehnat qilishga urgatdi, uni mehnat jarayonida tarbiyaladi. Shunday qilib, kishilik jamiyatining paydo bo'lishi bilan tarbiya ham vujudga keldi, u bilan birga taraqqiy etdi, jamiyatning o'zgarishi bilan u ham uzgarib bordi. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi kishilarning bilim, malaka, ko'nikmalarida aks etgan mehnat, bilim tajribalarini avloddan-avlodga etkazishdir. Tarbiyaning amalga oshirish jarayonini anglash va bu sohadagi tajribalarni o'rganishga bo'lgan ehtiyojning tug'ilishi pedagogika fanini yuzaga keltirdi. Sinflarning paydo bo'lishi bilan tarbiya jamiyat vazifasiga aylandi, davlat tomonidan malum maqsadga yunaltirib, nazorat qilib borildi. Tarbiya hamisha ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga hamda muayyan ijtimoiy-tarixiy farmatsiyaga xos bo'lgan ijtimoiy munosabatlar tipiga muvofiq bo'ladi. Davlat tarbiya orqali o'z siyosatini amalga oshiradi, yani o'z mafkurasi, axloqi va siyosatiga javob beradigan shaxsni shakllantirib, uziga kerakli kadrlarni tayyorlaydi. Tarbiyani jamiyat talablari taqozo qiladi hamda mehnat qurollari va vositalari rivojlanib, takomillashib borgan sari, mehnat faoliyatining, mehnat mahsulotini taqsimlashning yangi turlari va shakllari paydo bo'lgan sari, mehnatda qatnashuvchilar o'rtasidagi munosabatlar uzgargan sari tarbiya ham uzgarib boradi. Shu sababli tarbiya yaqqol ifodalanuvchi tarixiy xususiyatga ega bo'lib, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Masalan, ibtidoiy jamiyatda tarbiya hayot, mehnat faoliyati jarayonining uzida kattalarga taqlid qilish asosida amalga oshirilardi. Ug'il bolalarga or qilish, baliq ovlash, ish quroli va qurol-yarog'larni tayyorlash hamda ulardan foydalanishni, qizlarga esa istemol qilishga yaroqli mevalarni terib kelish, kiyim-bosh tayyorlash, uy ishlarini bajarishni o'rgatishardi, hamma bolalar kattalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalanardi. Ibtidoiy jamoa tuzumi rivojlanishning sunggi davrida qabila boshliqlari, oqsoqollar hokimiyati kuchaygach, tarbiya uzgarib, bazi bolalarni marosimlar va urf-odatlarniboshqarish ishlari bilan bog'liq alohida vazifalarni bajarishga tayyorlay boshladilar. Quldorlik jamiyatida tarbiya jamiyatning vazifasi bo'lib qolaverdi va davlat tomonidan yo'naltirilgan turildi. Bunda maxsus maktablar ochilib, u yerda bolalarga o'qish, yozish, matematika va diniy marosimlarning asoslarini o'rgatishardi. Mirzalar maktablarda esa savod va hisobga, davlatni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.88 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.88 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga