Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

REJA: Bolalar nutqining rivojlanish davrlari. Tayyorgarlik va bog'chagacha bo'lgan davr. Maktabgacha va maktab davri. Tayanch so'zlar: ( nutq. bo'g'in. talaffuzuz. Tafakkur. Sharoit.) Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. nutqning to'g'ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to'g'ri nutq muhiti va ta'lim-tarbiyaga bog'liq. Nutq tug'ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini o'rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo'lini, bu jarayonning o'ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffakiyatli shakllanishida katta rol o'ynovchi sharoitni bilishi lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanish jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o'z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo'ladi. Masalan, 1 yoshu 4 oylik bola gapirmayapti. Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so'zlar qachon paydo bo'lishina bilsa, u holda bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to'g'ri diagnoz qo'yishi uchun ham zarurdir. Ba'zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to'g'rimi? Yo'q, albatta. Chunki, nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba'zi bir tovushlarni noto'g'ri talaffuzuz etish xos bo'ladi. Bu ko'rinish fiziologik dislaliya deb atalib, bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to'g'ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur hisoblanadi. Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko'rsatadilar, ularni har-xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G. L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishni 2 davrga ajratadi: 1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo'lgan davr) 2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo'lib ko'rsatadi: Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha. Bog'chagacha bo'lgan davr- 3yoshgacha. Maktabgacha bo'lgan davr- 7 yoshgacha. Maktab davri. Bu davrlarning to'liq tavsifi ustida to'xtalib o'tamiz. Shunday qilib, Birinchi davr-tayyorgarlik davri. Bola tug'ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig'idan iborat bo'ladi. To'g'ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yig'i nutq apparatining 3 bo'limini (nafas olish, ovoz hosil bo'lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol o'ynaydi. Ikki xafta o'tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e'tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig'lashdan to'xtaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo'shiq (ALLA) ostida tinchlantirish mumkin bo'lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko'zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e'tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, uch oylikning boshida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.73 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.73 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga