Reja: go'daklarning hisoblashga yozishga xotirasini mustahkamlashga tanalari chiniqtirishga o'rgatuvchi o'yinlar. Milliy harakatli o'yinlarida bolalarning harakat faoliyatini tiklash mezonlari. Bu o'yinni bolalar 2-2,5 yoshlaridan boshlab ijro qilishlari mumkin. SHug'ullanish uchun 1-1,5 m kenglikdagi maydon, ayvon yo'lak, 1m uzunlikda arqon kerak bo'ladi. Maydonchaga qo'yidagi to'rtburchak va zinalarga bo'lgan chiziqlar cheziladi. Har bir chiziq orasi 10-15 smdan iborat. Bolalar eng qo'yi 10 deb yozilgan chiziq ustida turib arqonchani orqadan oldingga qarab aylantiradilar, arqon chiziqqa tekkanda ustidan sakrab arqonchaga qoqilmasdan sakrab aylantirishda davom etadilar. Arqon ustidan har bir sakraganda 1, 2, 3 deb hisoblab. 10 sakrashdan keyin kelgusi bir bosqich yuqoridagi chiziq ustidaga o'tib o'yinni davom ettiradilar. Sakrash va hisoblashda adashmay qanchalik yuqoridagi chiziqlarga yetib borsalar. SHu bola harakat aniqligi, to'g'ri hisoblash. Xotirasining tiyranligi bilan g'olib hisoblanadi. O'yin bolalarga har bir chiziq ustida faqat 10 marta sakrab keyingi 21-30 sakrashni 10 bilan qo'shganda 20 hosil bo'lishini juda qisqa muddat ichida o'rganib oladilar. Bu o'yinning muntazam davom ettirilishi bolada harakatchanlik, oyoq, qo'l va hisoblashni bir-biri bilan qo'shib olib borishga, jismoniy harakat bilan aqliy harakat to'g'ri sanash va raqamlar targ'ibotni anglab yetishga yordam beradi. Bola bir necha yo'nalishda kuzatish qobiliyatini kengaytira boradi. 2-3 yoshli bolalar bu o'yin bilan shug'ullanish yordamida 50 raqamli 40 dan katta ekanini. 42 dan 37 raqami kichik ekanini o'ynamagan bolaga nisbatan ancha tez bilib oladi. Arg'amchoq o'yinida bolalar bajaradigan vazifalarni imkoniyatlariga moslab murakkablashtirish mumkin va kerak. Masalan 3-4 yoshli bolalar 1-10 degan chiziq ustidan ikki oyoqlab 10 marta sakraydilar. 11-sakrashni keyingi chiziq ustida bir oyoqlab 2 marta o'ng oyoq bilan. 2 marta chap oyoq bilan sakrab davom ettiradilar. Agar bir oyoqlab sakrab davom ettirishda qiynalsalar, 31-40 chizig'i ustiga o'tib, 10 marta ikki oyoqlab sakrashni davom ettiradilar. Keyin 41-50 chizig'ini ustiga o'tib, 2 marta o'ng, 2 marta chap oyoq bilan sakraydilar. O'yin ochiq havoda ijro etiladi. Bolalarning arg'amchi ustidan sakrash harakatlari ularning qaddi-qomatini to'g'ri rivojlanishiga xizmat qiladi. Noto'g'ri bajarilgan harakatning zarari.yu keragidan ortiq kuch sarflab charchatishni bolalalarga o'qtirdilar. Bolalarning yoshiga, salomatligi darajasiga qarab bir kunda necha marta shunday o'yinlar bilan shug'ullanishlari, o'z tanalarining harakatga bo'lgan tashnaligini qondirish lozim. 2-3 yoshgacha bo'lgan bolalar kun davomida kamida 18-20 ming qadam yurishlari. YUgurishlari, sakrashlari lozim. Harakat malakalarini oshgan sari, uni ijro etishda tejamkorlik mahorati kuchaygan sari bolalardagi charchoqni sezish holati kamayib boradi. 4-5 yoshli bolalarning anchagina qismi arg'amchoq sakrashda yerdan 2-3 sm gagina ko'tariladilar. Uzoqroqdan kuzatgan bolaning sakraganini ilg'amasligi mumkin. Arhamchoq o'yinining yana bir mohiyati shundan iboratki, bolalar kichik yoshlaridan kam kuch sarf qilib. Ko'proq ish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.58 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.58 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: doc