Maktabgacha va maktab yoshidagi rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni psixopedagogik tashxislash metodlari Reja: 1. Psixologik tekshirish. 2. Pedagogik tekshirish. 3. Bolalarni tekshirish uchun topshiriqlar tanlash. 4. TPK bolalarni o'rganishda foydalaniladigan metodlar. 5. Bolalar ishlarini baholash. 6. O'qish, yozish, hisoblash malakalari tekshirsh. 7.Tekshirishda psixologo-eksperimental metodikalardan foydalanish. Tayanch so'zlar: (Ekspremental, defektolog, anamnez, asorat, sudrga, tashxis, tibbiy karta, psixonevrolog, otolaringolog, oftalmolog, pediatrining xulosalari, laborator ma'lumotlar) Bolalarni tibbiy-pedagogik komissiyada tekshirish ularning hujjatlarini o'rganishdan boshlanadi (tibbiy kartalar, xarakteristikalar, daftarlar, chizgan rasmlari va h.k.). Vrach psixonevrolog komissiya a'zolarini mavjud bo'lgan hujjatlar: anamnez, otolaringolog, oftalmolog, pediatrining xulosalari, laborator ma'lumotlar va boshqalar bilan tanishtiradi. Bolada eshitish yoki ko'rishning pasayganligi kuzatilsa unga diqqatini qaratadi va hokazo. Bunday hollarda defektolog oldindan tekshirish uchun material tanlaydi. Masalan, eshitin pasayganda, nutq nuqsonlarida bolalarga nutqiy ko'rsatmalar talab qilinmaydigan ko'rgazmali xarakterdagi topshiriqlar beriladi. Zaif ko'ruvchi bolalar uchun og'zaki shakldagi turlicha mantiqiy topshiriqlar tanlanadi. Defektolog o'z navbatida pedagogik hujjatlar bilan tanishib, komissiya a'zolariga bola bilan aloqaga kirishishda va tekshirish jarayonida etibor berishi lozim bo'lgan eng muhim xususiyatlar haqida madumot beradi. Masalan, bolaga berilgan tavsifnomada o'quv dasturini o'zlashtirishdagi qiyinchiliklari ko'rsatilgan bo'lsa, tekshirishni bola uchun oson va qiziqarli bo'lgan o'yin xarakteridagi topshiriqlardan boshlash mumkin. Tavsifnoma materiallarini o'rganish komissiya a'zolarini bolaning holatini xarakterlab beradigan psixik faoliyatning sifat va xususiyatlarini aniqlashga yo'naltiradi. Agarda bola maktabda o'qigan bo'lsa, uning daftarlarini diqqat bilan tahlil qilish zarur. Daftarning tashqi ko'rinishi boladagi betartiblik, maktab talablarini tushunish, ta'lim jarayoniga bo'lgan qiziqish kabi sifatlar haqida ma'lumotlar beradi. Yozma ishlarni bajarish xarakteri tekshiruvchiga boladagi qiyinchilaklar sababi haqidagi masalani qo'yadi. (Masalan, yozishda qatorga rioya qilmaslik motorikaning buzilishi yoki fazoda chamalash qiyinchiliklari, talablarini tushunmaslik kabi va boshqa sabablarga bog'likdir). Yozuvdagi xatolar (xarf larni o'rnini almashtirish, tashlab ketish, so'zlarni oxirigacha yozmaslik, jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish) ham turli sabablardan kelib chiqadi. Bola bunday qiyinchiliklarni qanday engib o'tdi, o'qituvchi tomonidan qanday va qay darajada yordam berilganligini aniqlash muhimdir. Birinchi va oxirgi daftarlarni taqkoslab bolaning rivojlanish dinamikasini o'rganish mumkin. Bola haqida qiziqarli ma'lumotlarni u chizgan rasmlardan ham olish mumkin. Bazan aynan rasm u yoki bu psixik o'zgarish haqidagi dastlabki signal bo'ladi. Bolaning hujjatlaridagi barcha materiallar sinchiklab o'rganilganidan so'ngina bolani bevosita tekshirishni boshlaydilar. Biz tibbiy tekshirish metodlarini yoritib bermaymiz, chunki bu bilan faqatgina mutaxassis vrachlar shug'ullanadilar. Barcha komissiya a'zolari vrachning ota-onalar bilan suhbatini eshitadilar, bolaning ilk rivojlanishiga diqqatlarini qaratadilar, vrach tomonidan bolani nevrologik va psixologik tekshirish kuzatadilar, ammo ularning asosiy vazifasi bolalarni tegishli metodikalar yordamida psixologik, pedagogik va logopedik tekshirishdir. Shuni esda tutish lozimki, umumiy psixologiyaning bolalarni o'rganishdagi individual-tipologik, shaxs-jamiyat, tizimli-tuzilish yondoshishlari, sifat-sonli ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.05 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.05 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: doc