Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi RYeJA: 1.Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (harakal) sifallarini tarbiyalash 2.O'qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari 3.Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy tarbiya vositalari 4.Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari Inson hayotning birinchi etti yilligida bolalar sog'lig'ining asosiga zamin tayyorlanadi, hayotiy zaruriy harakat malakalari shakllanadi, takomillashadi, keyinchalik jismoniy rivojlanish uchun lozim bo'lgan shart-sharoitlar yuzaga keladi. Rusiy zabon olimlarimiz Shelovanova, Aksariynoy, Sorochek, Uvarov, Bikovlarni tadqiqotlarini natijalari shuni ko'rsatadiki bolaning jismonan chiniqqan, chaqqon, kuchli bo'lib o'sishi uchun o'z vaqtida to'g'ri rejalashtirilgan jismoniy tarbiya jarayoni muhim rol o'ynaydi. Jismoniy tarbiyaning ahamiyatini noto'g'ri baholash bola organizmini rivojlantirishni susaytiribgina qolmay, uni aqliy rivojlanishiga ham salbiy ta'siri ko'rsatishini jismoniy tarbiya amaliyoti isbotlab berdi. Bolaning organizimi tez rivojlana boshlaydi. Lekin organizmning himoya refleksi suet rivojlangan bo'ladi, nisbatan kasalga tez chalinadi. Shunga ko'ra bu yoshdagilar jismoniy tarbiyasining vazifasi - ularning sog'ligini saqlash va mustahkamlash, chiniqtirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, gavdani to'g'ri tutish, umumiy va shaxsiy gigiyenaga etibor beradigan qilib voyaga etkazishdir. Eng ahamiyatlisi ularda hayot uchun zaruriy eng oddiy harakat malakalarini - yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, velosipedda, rolikli chang'ida, konkida yurish, yugurish, suzish va samokat va velosipedda yurishlarni rivojlantirishdir. Bu harakatlarni bolalar tez o'zlashtiradi. Bunga sabab ularning nerv sistemasini elastikligini yuqoriligidir. Oddiy harakat malakasi keyinchalik kattaroq yoshga o'zlashtirishga yordam beradi. Bu yoshdagilarda jismoniy sifatlardan chaqqonlik, tezkorlik. Chidamlilik va egiluvchanlikni rivojlantirishga imkoniyatlar katta. Levi Gorinevskayani tekshirishiga Karaganda maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning to'g'ri yo'lga ko'yishda qiyinroq bo'lgan umumjismony mashqlar, 1-sinf dasturiga yaqin bo'lgan, ungatayyorlaydigan mashqlar tanlab olinadi. 1.Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (harakal) sifallarini tarbiyalash Jismoniy mashqlarni bajarish protsessida bu yoshdagi bolalarda chakkonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularni anatomo-fiziologik xususiyatlarini etiborga olganimizda chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalashning imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko'prok bo'ladi, aksincha kuch va chidamlilik harakat sifatlarini tarbiyalashga esa extiyotkorlik zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to'xtatib qo'yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachini xohishsiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida namoyon bo'ladi. yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida bu sifatlar baribir namoyon bo'ladi. Bu yoshdagilarning nerv tizimini egiluvchanligi, jismoniy sifatlarni teng rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki nerv sistemasidagi qo'zg'alish va tormozlanish biri ikkinchisi bilan tez almashinish qobiliyati bilan bog'liq. Ayniqsa harakatli o'yinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, o'yin faoliyati uchun zarur bo'lgan favqulotdagi harakatlarni bajarishga to'g'ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biriga o'z o'rnini tez almashinishi bilan namoyon bo'ladi. Bu esa chakkonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoitni yaratadi. Nerv protsessi katta tezlikdagi tezlik jismoniy sifatini rivojlanishini tezlashtiradi. Qisqa vaqt mobaynida minimal ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:29:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.14 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:29 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.14 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:20 ]
Arxiv ichida: doc